FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI:

RAG‘BAT VA IMKONIYAT YANADA OSHADI

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Sohani qo‘llab-quvvatlash va uni huquqiy jihatdan himoya qilish uchun qabul qilingan qonun va qarorlar “uchinchi sektor” sub’ektlari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqdi. Ayni kunda NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari mamlakatimiz ijtimoiy-madaniy hayotidagi qator masalalar yechimini topishda o‘z loyihalari bilan ishtirok etayotganini ta’kidlab o‘tish joiz.

ususan, 2008 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi hamda uning mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi faoliyat olib bormoqda. Mazkur fondga har yili NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining eng yaxshi loyihalarini moliyalash uchun davlat byudjetidan katta miqdorda mablag‘ ajratilmoqda. Jumladan, 2015 yilda davlat tomonidan NNT va fuqarolik jamiyati institutlarini davlat granti, ijtimoiy buyurtma va subsidiya shaklida moliyalashtirishga 10 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan edi. Mazkur mablag‘larni fond ochiq-oydinlik va shaffoflik printsiplariga amal qilgan holda taqsimladi. Joriy yilda ham bu yo‘nalishdagi ishlar ko‘lami yanada oshishi kutilmoqda.

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat-notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Jamoat fondining o‘tgan 2015 yilda amalga oshirilgan ishlari hamda 2016 yildagi ustuvor yo‘nalishlari muhokama etildi.

Jamoat fondi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar 2008 yilga nisbatan 5 barobarga ortgan. Grant uchun mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari 1200 dan ziyod loyihalarni taqdim etdi. Viloyatlar kesimida tahlil qilinganda, Farg‘ona viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahri eng ko‘p loyihalar bilan ishtirok etgan.

Grant loyihalari natijasida aholi farovonligini oshirish, ularni ichimlik suvi bilan ta’minlash, yoshlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sport va bolalar maydonchalari barpo etish, umuman, hududlar rivojiga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi.

Yig‘ilishda Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondining o‘tgan yilgi faoliyati tahlil qilinar ekan, fond mablag‘larini taqsimlashning asosiy yo‘nalishlari va ular asosida erishilgan natijalar ijobiy baholandi. Shuningdek, fondning 2016 yilgi faoliyati dasturi atroflicha muhokama etildi.

Ta’kidlanishicha, 2016 yilda NNT va fuqarolik jamiyati institutlarini moliyalashtirishga Davlat byudjetidan 11 milliard so‘m,  ya’ni 2015 yilga nisbatan 10 foiz ortiq mablag‘ ajratilgan. Shundan davlat grantlari shaklida NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga jami mablag‘ning 47,5 foizi yoki 5 milliard  230 million  so‘m yo‘naltiriladi. Bu ko‘rsatgich 2015 yilga nisbatan 10,1 foizga ko‘pdir.

Ushbu mablag‘larni taqsimlash uchun joriy yilda 62 dan ortiq ustuvor yo‘nalishni o‘z ichiga olgan 6 ta mavzuda davlat grant tanlovlarini e’lon qilish ko‘zda tutilgan. Xususan, “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosiga NNTlarni keng jalb qilish”, “Qonunchilikni mustahkamlashda, insonlarda qonunga hurmatni, yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini ta’minlash”, “OAVlarni ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosining borishini yoritishga, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga qaratilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash”, “Fuqarolik jamiyati institutlarining jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash”, “Atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalarini hal etishda aholi, fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish”, “Mustaqillik yillarida respublika hayotining turli sohalarida erishilgan yutuqlar xaqida keng jamoatchilikni xabardor qilishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash” kabi tanlovlar jamiyatimiz rivojiga kamarbasta bo‘layotgan NNTlarga moddiy va ma’naviy ko‘mak bo‘lib xizmat qiladi.

2016 yilda  Davlat ijtimoiy buyurtmalari shaklida davlat organlarining buyurtmalaridan kelib chiqib, 2 milliard 300 million so‘m yoki umumiy mablag‘ning 21 foizi ajratilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunga asosan davlat organlaridan tushgan takliflar 4 ta yo‘nalishda moliyalashtiriladi. “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokini ta’minlash”ga 1 milliard so‘m, “O‘sib kelayotgan barkamol yosh avlodni sog‘lom tarbiyalashga, yoshlarni ijodiy va intellektual salohiyatlarini ruyobga chiqarishga ko‘maklashish” yo‘nalishiga 390 million so‘m, Fuqarolik jamiyati institutlarini, mustaqil OAVlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularning aholini huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish sohasidagi faoliyatini yanada faollashtirish” yo‘nalishiga 510 million so‘m, “O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosini ommalashtirish, jamiyatda millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni  mustahkamlash” ijtimoiy buyurtmalariga 400 million so‘m ajratish taklif etildi.

Tadbirda davlat subsidiyasi oluvchi tashkilotlarga ajratilayotgan mablag‘lar miqdori ham muhokama etildi. 2016 yilda davlat subsidiyasi oluvchilarga 3 milliard 470 million so‘m yo‘naltiriladi.

Anjuman yakunida Parlament komissiyasi a’zolari kun tartibida belgilangan takliflar yuzasidan tegishli qarorlarni qabul qilishdi.

 

Jobir XO‘JAQULOV,

«Hurriyat» muxbiri

 

Янгиликларни дўстларингизга улашинг

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

15 − five =