«ADOLAT – QONUN USTUVORLIGIDA»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi sud-huquq islohotlarining, shuningdek, xo‘jalik sudlari faoliyatining ommaviy axborot vositalarida yoritilishini yanada takomillashtirish maqsadida «Adolat — qonun ustuvorligida» deb nomlangan tanlovni e’lon qiladi.

 

Tanlovga respublika miqyosidagi gazeta, jurnallarda chop etilgan,  televidenie va radioda berilgan  xo‘jalik sudlari tizimidagi islohotlarni hamda normativ-huquqiy hujjatlarni targ‘ib qilishga, aholining bu boradagi huquqiy savodxonligini oshirishga, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga yo‘naltirilgan maqolalar, ko‘rsatuvlar, eshittirishlar qabul qilinadi.

Maqolalar chop etilgan gazeta va jurnallar, ko‘rsatuv va eshittirishlar  yozilgan tasmalar Oliy xo‘jalik sudi matbuot kotibiga tahririyat, televidenie, radio xodimlari yoki muallif tomonidan taqdim qilinishi lozim. Tanlovga uchta va undan ortiq maqola, ko‘rsatuv va eshittirishlar bilan ishtirok etish mumkin. Taqdim etilgan maqola, ko‘rsatuv va eshittirish  muallifining to‘liq ism-sharifi, ish joyi va lavozimi, telefon raqami haqidagi ma’lumotlar hamda pasport nusxasi ilova qilinishi shart.

Tanlovga 2017 yil 1 yanvardan 15 dekabrgacha chop etilgan maqolalar, ko‘rsatuv va eshittirishlar  qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari: 

1-o‘rin uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining I darajali diplomi va eng kam ish haqining 20 baravari miqdorida pul mukofoti;

2 ta 2-o‘rin uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining II darajali diplomi va g‘oliblarning har biri eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida pul mukofoti;

3 ta 3-o‘rin uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining III darajali diplomi va g‘oliblarning har biri eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

 

Murojaat uchun manzil: 100097, Toshkent shahri, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy. Oliy xo‘jalik sudi binosi.

Telefon: 273-94-82, elektron pochta: press@oxs.uz

 

 

 

Янгиликларни дўстларингизга улашинг

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

2 × four =