NASA: MARSGA UCHISH BOSH MAQSAD
Amerika kosmik agentligi yaqin kelgusida Marsga uchish insoniyatning bosh maqsadi bo‘lishi kerak, degan fikrni ifoda etayotir. -Qizil sayyoraga parvoz jahon kosmonavtika sohasining eng ustuvor vazifasidir, – dedi NASA direktori Devid Miller.
Uning aytishicha, ayni vaqtda NASA tarixda birinchi marta Quyosh tizimida o‘lchamiga ko‘ra yettinchi o‘rinda turuvchi sayyoraga uchuvchi bilan boshqariladigan apparatni jo‘natishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
– Biz 2030 yillarda Marsga uchish va unga qo‘nish rejalari haqida gapirar ekanmiz, bu juda uzoq vaqtday tuyulishi mumkin, – dedi D.Miller. – Aslida esa unday emas. Chunki bu rejalar amalga oshish arafasida. Binobarin, biz bir necha o‘n yillardan buyon, ya’ni 60-yillardan beri masofadan boshqariladigan qurilmalar yordamida Marsni obdan o‘rganyapmiz va bu tadqiqotlar davom ettiriladi.
Direktorning ta’kidlashicha, uchuvchi ishtirokidagi parvozlar juda samarali ekan. Buning uchta jihati bor. Xususan, geolog Shmidt Xarrison ishitirokidagi «Appolon-17»ning oyga parvozini olib ko‘rsak, «Opportyuniti» 10 yilda yurib o‘tgan 20 kilometrlik masofani olim uch kunda bosib o‘tdi. Axborotlarni ham undan ko‘ra ko‘proq yig‘a oldi. Bir so‘z bilan aytganda, Xarrison eng aqlli robotdan ko‘ra ancha unumli ishlay oldi.