Ustoz jurnalist nomi eʼzozlandi

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi Qaşqadaryo viloyati bölimi taşabbusi bilan Qarşi şahridagi “Oq ruh” şaxmat klubida taniqli jurnalist, ustoz ijodkor Samad Salomov xotirasiga bağişlab jurnalistlar örtasida şaxmat-şaşka turniri ötkazildi.

Tadbir avvalida ustoz jurnalistning farzandi Zayniddin Salomov sözga çiqib, otasining jurnalistik faoliyati, gazetaçilik sohasidagi maşaqqatli va şarafli mehnat yöli haqidagi xotiralari bilan örtoqlaşdi. U Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi Qaşqadaryo viloyati bölimi rahbari Akbarjon Rahmonovga ustozlar xotirasini eʼzozlaşga qaratilgan bunday tadbirni taşkil etgani uçun minnatdorlik bildirdi.

Musobaqada nafaqadagi tajribali faxriy jurnalistlar hamda yoş ijodkorlar şaxmat va şaşka böyiça özaro bellaşdilar. Qizğin va döstona ruhda keçgan bahslarda iştirokçilar munosib natijalarni qölga kiritdilar.

Samad Salomov “Qaşqadaryo haqiqati” va boşqa gazetalarda samarali faoliyat yuritgan. Keyinçalik Qarşi çölini özlaştiriş va obod etiş jarayonida “Qarşiquriliş” birlaşmasi tasarrufida taşkil etilgan “Çöl ölkasi” gazetasida maxsus muxbir sifatida işlab, bunyodkorlik maydonlarida mehnat qilayotgan quruvçi va işçilar hayotini muntazam yoritib borgan.

— 1971 yilda “Qaşqadaryo haqiqati” gazetasiga işga kelganimda, Samad aka masʼul kotib örinbosari lavozimida faoliyat yuritar edilar. U kişi öta kamtarin, öz mehnati va ijodiy izlanişlari bilan jamoa va el-yurt hurmatini qozongan haqiqiy jurnalist edi. Keyinçalik “Qarşiquriliş” birlaşmasi tasarrufida Isom Jalilov muharrirligida “Çöl ölkasi” gazetasi taşkil etildi. Samad aka uşbu naşrda masʼul lavozimlarda işlab, köplab quruvçi, buldozerçi va boşqa mehnatkaşlarning hayoti haqida taʼsirçan oçerklar yozardilar. Umuman, Samad aka kuçli publitsist, qalami ötkir jurnalist edi. Şogirdlariga esa mehribon va şirinsöz ustoz sifatida tanilgan edilar, — deydi faxriy jurnalist Börivoy Norqobilov.

Darhaqiqat, Samad Salomovning jurnalistikadagi köp yillik faoliyati, inson taqdiri va mehnatini qalamga olişdagi mahorati, yoş ijodkorlarga körsatgan mehri bugun ham hamkasblari xotirasida saqlanib qolgan.

Tadbir yakunida jurnalistlar bir piyola çoy atrofida jam bölib, gazetaçilik sohasidagi ötgan voqealar, ustozlar bilan boğliq xotiralarni yodga oldilar. Ötganlarning pok ruhiga duolar qilindi.

Şundan söng şaxmat-şaşka turniri ğolib va sovrindorlariga diplom hamda esdalik sovğalari topşirildi.

Ustozlarni xotirlaş — ular qoldirgan ijodiy merosni asraş, kasb anʼanalarini davom ettiriş va yangi avlod jurnalistlariga ibrat bölişning eng gözal namunasidir.

Şavkat KAROMOV.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan