DO‘STLIK MINBARI

Mamlakatimizda zamonaviy dizaynda   jamiyat hayotining barcha jabhalarini ifoda etayotgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, adabiy-badiiy, ma’naviy, ma’rifiy, reklama va e’lonlarga boy rangli bezakli jurnallar soni ko‘payib bormoqda. Hozirgi paytda 300 dan ortiq ana shunday jurnallar o‘quvchilarning, bir so‘z bilan aytganda, ma’naviy-ma’rifiy ozuqasiga aylanib ulgurdi. Darvoqye, “Matbuot” do‘konlariga nazar tashlasangiz ushbu nashrlarni ko‘rib, ko‘zingiz quvonadi, bir zumda o‘zingizga yoqqanini xarid qilasiz, albatta. 

“O‘zbekiston” – ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-ommabop jurnali davlatimizning mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi nash­rining yangi soni  o‘quvchilarga taqdim etildi. Ushbu  jozibali dizaynda bezaklangan jurnalni qo‘lga olar ekanmiz, o‘nta rukn ostida mamlakatimiz taraqqiyoti, xorijlik do‘stlarimiz faoliyati, vatandoshlarimiz hayoti, turmush tarzi, ochil dasturxonda manti tayyorlash sirlaridan tortib, qiziqarli e’lonlargacha o‘qiysiz.

O‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etilgan ilmiy-nazariy maqolalar muayyan darajada  o‘quvchida qiziqish uyg‘otadi. Chunonchi, “Moziydan sado” ruknida tasavvuf tariqatining vakili Shayx Hovand Taxur, “Vatan tuyg‘usi” ruknida suyuk shoirimiz Muhammad Yusuf  hayoti va ijodiga  bag‘ishlangan turkum  materiallar muhlislar e’tiborini qozonishi shubhasiz.

Jurnalning “Jahon nigohida” ruknida Hindistonning Faridobod shahrida o‘tkazilgan “28-Surojnund” xalqaro hunarmandchilik festivali va turizm sohasida o‘zbek-malayziya hamkorligi batafsil tarzda qayd qilinadi.

“Asrlar osha toblangan hamkorlik” sarlavhali publitsistik maqola esa jurnalxonlarda katta taassurot qoldiradi deb o‘ylaymiz. Unda muallif Baxtiyor Xasanov “O‘zbekiston-Fransiya” do‘stlik jamiyatining bu ikki mamlakat taraqqiyotidagi tarixiy roli va hozirgi keng qamrovli madaniy-ma’rifiy aloqalari borasida olib borilayotgan ishlar haqida hikoya qiladi.

Jurnal sahifalarini varaqlar ekansiz o‘zining mazmun mundarijasiga ko‘ra, kengash faoliyatini yoritishda do‘stdik hamkorlik va hamjihatlik hamda bag‘rikenglik tamoyillariga asoslanganligi bilan o‘quvchilar diqqatini tortishga va  dunyo hamjamiyatida do‘stlik minbariga aylanishiga ishonging keladi.

 Muruvvatxon Karimjon qizi,

O‘zDJTU talabasi

Янгиликларни дўстларингизга улашинг

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

20 + fourteen =