“INSON HUQUQLARI – JURNALIST NIGOHIDA” TANLOVI YAKUNLANDI

 

Yaqinda Toshkentda O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan “Inson huquqlari – jurnalist nigohida” nomli respublika tanlovining yakunlari bo‘lib o‘tdi.

  Tadbir avvalida “Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlashda jurnalistning mas’uliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Ta’kidlash joizki, qizg‘in muhokamalar va faol fikr almashinuv ruhida o‘tgan davra suhbatida olimlar hamda mutasaddilar jurnalist va talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar. Anjuman doirasida jamoat fondi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan – Respublika markaziy idoralari, vazirliklar, qo‘mitalar, viloyat, tuman hokimliklari va jamoat tashkilotlarining matbuot xizmati rahbari, ularning telefon raqamlari jamlangan reyestr jurnalistlarga tar­qatildi.

– G‘olib va sovrindorlarni aniqlash jarayoni qiyin kechdi. Boisi, tanlovda taqdim etilgan ishlarning sifati, qamrov doirasi keng va rang-barang, – deydi O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Ibrohim Halimbekov.

Tanlovda respublikamizda nashr qilinayotgan 100 dan ziyod huquqiy yo‘nalishdagi OAVning vakillari, shuningdek, ayni mavzuga ixtisoslashgan jurnalistlar ishtirok etdi.

Tanlov ishtirokchilari e’tirof etishganidek, ishlarni saralash va baholash chog‘ida tashkilotchilar adolat, xolislik mezoni bilan yondashganlar. E’tiborlisi, tizimdagi o‘zgarish va yuksalishlarni chuqur yorita olgan jurnalist, rag‘bat va e’tibordan chetda qolgani yo‘q – bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha maishiy texnika vositalari va boshqa qimmatbaho sovg‘alar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, “Vatanparvar” gazetasi muxbiri Nargiza Asadova birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Jamshid Niyozov (“Huquq va burch”) hamda Sharofiddin To‘laganovga (sharh.uz) nasib etdi.

Ubaydulla XO‘JANIYOZOV

Янгиликларни дўстларингизга улашинг

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

4 × four =