AYG‘OQCHI – SUVARAK IXTIRO QILINDI

Kant nomidagi Boltiq federal universitetining kimyo-biologiya va fizika-texnologiya olimlari “Temir-suvarak” ixtirosini yaratishga etti oy vaqt sarflashdi.

U yuzga yaqin mayda detallardan tashkil topgan bo‘lib, o‘lchami 10 santimetrni tashkil etadi. Mutaxassislarning fikricha, ushbu ixtirodan kelajakda odamlar qidiruvida hamda razvedka maqsadlarida foydalanish mumkin. 

FAZOVIY LIFT LOYIHASI

Kanadaning “Thoth Technology” firmasi  fazoviy lift loyihasini qurish uchun patent oldi. Uning uzunligi 20 kilometrni tashkil etadi, deya xabar beradi Fox News portali.

Minora uchida fazoviy uchar qurilmalarning uchishiga, qo‘nishiga va yoqilg‘i quyib olishiga imkoni bo‘ladi. Lift yordamida katta miqdordagi yoqilg‘i va raketalarni uchirishga sarflanadigan pul mablag‘lari tejaladi, deydi Thoth firmasi. Muhandislar kemani minora tepasiga shamol energiyasi yordamida chiqarish mumkinligini ta’kidlamoqdalar. Bundan tashqari, firma minora uchiga lift yordamida turistik sayohatlar uyushtirishni rejalashtirmoqdalar.

 YER SAYYORASIGA O‘XSHASH SAYYORA

NASA xodimlari Erga o‘xshash bo‘lgan sayyora topilganini ma’lum qilishdi va unga norasmiy tarzda “Er 2.0” degan nom berishdi. Sentyabr oyining 28 kuni Kievda NASA tomonidan “YAngi Er” ochilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

U rasmiy tarzda Kepler 452b deb nomlandi. Sayyora Erga nisbatan bir yarim barobar katta, ammo  unda ham yillik hisob — Er sayyorasiniki bilan bir xil. Kepler 452b Erdan 1400 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan.

Amerika kosmik tashkiloti rahbari Djon Gransfeld hamda  3 nafar mutaxassis — Djef Kaflin, Dide Kelo va Djon Djenkinslarning so‘zlariga qaraganda, mazkur sayyorada, albatta, suv bo‘lishi kerak.

ISH QACHON BOSHLANGANI MA’QUL? 

WomanJournal.ru ning xabariga ko‘ra, britaniyalik olimlar ish boshlanishining eng maqbul vaqti soat 10:00 dan, deb ta’kidladilar. Kimki ishni erta boshlasa, o‘z sog‘lig‘iga xavf solgan bo‘ladi.

Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, soat 09.00 dan 17:00 gacha bo‘lgan kunlik ish vaqti eng zararli hisoblanadi. Maktab o‘quvchilari dars mashg‘ulotlarining boshlanishi soat 10:00 ga ko‘chirilishi natijasida, o‘quvchilarda darslarni o‘zlashitirish 10 foizga oshdi.

Olimlar fikricha, ish kunining kechroq boshlanishi nafaqat baxtli hayot, balki kelajak avlodning sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

 NOYOB DINOZAVR QOLDIQLARI

Alyaska va Florida universiteti mutaxassislari SHimoliy Alyaskaning Kolvill daryosi yaqinida noyob dinozavr qoldiqlarini topishdi.

Xabarlarga ko‘ra, u — o‘txo‘r dinozavrlar turiga mansub bo‘lgan. Unga Ugrunaaluk kuukpikensis ya’ni, “Qadimgi jonzot”  deb nom berishdi. Taxminlarga ko‘ra, u 69 million yil avval yashagan, o‘rtacha uzunligi 7,5 metr atrofida bo‘lgan.

Olimlar “Ugrunaaluk kuukpikensis”ga o‘xshash jonzotning 6 mingga yaqin suyak qoldiqlarini topishdi.

 “KASSINI” SATURN YO‘LDOSHLARINI SURATGA OLDI

“Kassini” fazoviy qurilmasi  Saturnning  ikki yo‘ldoshi — Prometey va Pandoraning noyob suratlarini olishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu suratlar joriy yilning may oyida Prometeydan 1,6 million kilometr uzoqlikdan suratga olingan. Ta’kidlash joizki, ikkala yo‘ldoshni ham Saturnning halqasida farqlash qiyin.

Prometey hamda Pandora yo‘ldoshlarining ilk suratlarini 1980 yilda astronom Styuart Kollinz “Voyajer-1” stansiyasi orqali suratga olgan. Aniqlanishicha, Prometey yo‘ldoshi sayyoradan 139 400 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, uni 14 soat 42 minutda bir marta aylanib chiqadi. Pandoraning bir marta aylanib chiqishga ketgan vaqti 15 soat 15 minutni tashkil etadi. Eslatib o‘tamiz, “Kassini-Gyuygens” qurilmasi Saturn sayyorasini o‘rganish maqsadida AQSH, Italiya va Evropa kosmik tashkilotlari hamkorligida barpo etilgan va 1997 yilda fazoga uchirilgan.

 

Internet xabarlari asosida O‘zMU talabasi

Azizbek NAHANOV tayyorladi.

 

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

3 × 3 =