E’TIBOR VA RAG’BAT YANGI IJODIY MARRALARGA CHORLAYDI

Chunki ommaviy axborot vositalari xodimlari – doimo hayot bilan hamnafas bo‘lib yashaydigan, jonkuyar jurnalistlar, rejissyor va operatorlar, nashriyot va matbaa sohalari fidoyilari mehnatidan barchamiz deyarli har kuni bahramand bo‘lamiz. Teleradio kanallari, gazeta va jurnallar, internet tarmog‘i orqali ularning qiziqarli va hayajonli materiallari bilan tanishganda qalbimizda bu olijanob kasb egalariga nisbatan alohida mehr va minnatdorlik tuyg‘ulari paydo bo‘ladi. 27 iyun sanasi ana shu mehrimiz, tabriklarimizni bildirish uchun imkon beradigan ayyom sifatida hammamizning ko‘nglimiz, yuragimizga yaqin bayramdir. 

 

Bu yilgi kasb bayramining Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik shonli sanasiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in pallaga kirgan bir paytda o‘tayotgani unga yanada chuqur mazmun, fayzu tarovat bag‘ishlamoqda. 

Shu yil 27 iyunda O‘zbek Milliy akademik drama teatrida Matbuot va omma-viy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan bayram anjumanida ham bu fikrlar alohida ta’kidlandi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, tegishli vazirlik va idoralar, ijodiy va jamoat tashkilotlari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, noshirlar, matbaachilar, soha rivojiga katta hissa qo‘shgan mehnat faxriylari, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo‘llagan tabrigini Prezidentning Davlat maslahatchisi X.Sultonov o‘qib eshittirdi.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi o‘rinbosari O‘.Mirzayorov, O‘zbekis-ton Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi raisi N.Saidov, “Jahon adabiyoti” jurnali xodimi S.Alijonova va boshqalar milliy matbuot sohasini izchil, bosqichma-bosqich rivojlantirish, uning sifati va samaradorligi, ta’sirchanligini oshirish masalasi doim davlatimiz rahbarining diqqat markazida bo‘lib kelayotganini ta’kidladilar.

Milliy matbuotimiz vakillarining mamlakatimizda va dunyoda bo‘layotgan o‘zgarish va yangiliklarni hammamizga tezkorlik bilan yetkazish borasidagi sharafli va mashaqqatli mehnatiga yuksak baho berilib, bugungi shiddatli zamonda milliy jurnalistikamiz oldida turgan dolzarb vazifalar aniq ko‘rsatilgani, bugungi va ertangi hayotimiz uchun beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan bunday fikr va g‘oyalar nafaqat jurnalistika sohasi, balki butun jamiyatimiz rivoji uchun muhim ahamiyatga ega ekani tadbir ishtirokchilari tomonidan alohida qayd etildi. 

Ma’lumki, yurtimizda mus-taqilligimizning birinchi kunlaridan boshlab ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotida tutgan o‘rni va rolini, ularning faoliyati samarasini yanada oshirish, media tarmoqlarining huquqiy, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha xodimlarining mehnatini har tomonlama rag‘batlantirishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ayniqsa, davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalari mamlakatimizning axborot makonida mutanosib rivojlanib borishiga alohida e’tibor berilmoqda. Buning tasdig‘ini oxirgi yillarda elektron va bosma ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat byudjeti hisobidan kreditlar, ijtimoiy buyurtma va davlat grantlari shaklida 14 milliard so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgani va boshqa misollarda yaqqol ko‘rish mumkin.

Agar mustaqillikka qadar O‘zbekistonda 395 ta ommaviy axborot vositasi mavjud bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan davrda ularning soni 3,6 karra ko‘payib, hozirgi vaqtda 1 ming 400 tadan ziyodni tashkil etmoqda. 1991 yilgacha yurtimizda bor-yo‘g‘i 1 ta telekanal va 2 ta radiokanal faoliyat ko‘rsatar edi, xolos. Bugungi kunda birgina O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida 14 ta telekanal, 4 ta radiokanal va 12 ta hududiy teleradiokompaniya ish olib bormoqda. Xususiy tele va radiokanallarni qo‘shib hisoblaganda, ularning umumiy soni qariyb 100 tani tashkil etmoqda.

An’anaviy matbuot vositalari bo‘lgan gazeta-jurnallar, teleradiokanallar bilan birga eng zamonaviy va ilg‘or media tarmoqlari, avvalambor, internet jurnalistikasi, nodavlat ommaviy axborot vositalari milliy axborot maydonimizda tobora mustahkam o‘rin egallab bormoqda. 

Hozirgi paytda aholining tezkor va haqqoniy axborot olishga bo‘lgan ehtiyojini yuksak darajada ta’minlash, teleko‘rsatuvlarning mazmuni va sifatini oshirish maqsadida mamlakatimizda raqamli televideniega o‘tish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlar amalga oshirilmoqda. Keyingi besh yilda bu boradagi ko‘rsatkich 52 foizdan 76 foizga o‘sgani ushbu yo‘nalishdagi ishlar jadal sur’atlarda olib borilayotganidan darak beradi.

Yurtimizda internet jurnalistikasini rivojlantirish bo‘yicha ham keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Buning natijasida UZ domenida ommaviy axborot vositasi sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan veb-saytlarning soni oxirgi 5 yilda ikki barobar ortib, 360 dan ziyodni tashkil etgani diqqatga sazovordir.

Istiqlol yillarida matbaa korxonalari soni o‘n barobardan ziyod ko‘payib, 1 ming 746 taga yetgani, bu esa yiliga 7 ta tilda 45 million nusxadan ortiq kitob chop etish imkonini berayotgani O‘zbekiston bosma ommaviy axborot vositalarining salohiyati tobora kuchayib borayotganini ko‘rsatadi. 

Tadbirda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng faol jurnalis-ti” ko‘rik-tanlovining g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi. Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan mamlakatimizda sportni yanada ommalashtirishda faollik ko‘rsatgan sport jurnalistlariga esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi.

Mukofotlanganlar nomidan so‘zga chiqqan “Dunyo bo‘ylab” telekanali katta muharriri U.Hamroqulov, “Nukus haqiqati” gazetasi muxbiri N.Mambetirizaeva, “Uchitel Uzbekistana” gazetasi muxbiri A.Terexina va boshqalar milliy matbuot sohasini izchil rivojlantirish, soha xodimlarini har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, yangi-yangi ijodiy marralar sari ruhlantirish va ularga ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdilar.

Tadbir so‘ngida atoqli adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘lmas Umarbekov asari asosida O‘zbek Milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan “Kuzgi maktublar” spektakli namoyish etildi. 

Shu kuni poytaxtimizning o‘afur o‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda ularning oila a’zolari uchun bayram sayli bo‘lib o‘tdi.

O‘zA

Янгиликларни дўстларингизга улашинг

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

15 + ten =