Qutlug` bayramga tuhfa

Namanganda “Hidoya” o`rta maxsus islom bilim yurtining yangi qurib bitkazilgan binolari majmuasi foydalanishga topshirildi.

 

     Mulla Qirg`iz o`rta maxsus islom bilim yurti nomi bilan 1991 yilda tashkil topgan mazkur o`quv dargohi yaqingacha bugungi davr talabiga mutlqo javob bermaydigan, 1900 yillarda qurilgan Mulla Qirg`iz madrasasi, Otavalixon To`ra masjidida faoliyat ko`rsatib kelar edi. Talabalar moslashtirilgan xonalarda juda noqulay shart-sharoitlarda tahsil olishardi.

     Bilim yurti 2016 yil Namangan shahrining eng bahavo hududida 6 gektarga yag`in, 2 ming 600 tupdan ziyod mevali va manzarali daraxtlardan iborat bog`ni egallagan sihatgohmonand zamonaviy majmuaga ko`chirildi va nomi ham “Hidoya” islom o`rta maxsus bilim yurti deya o`zgartirildi.

     — Davlatimiz rahbarining 2018 yildagi tashrifi chog`ida “Hidoya” o`rta maxsus islom bilim yurti joylashgan hududni “Hidoya” diniy-ma’rifiy majmuaga aylantirish borasida ko`targan tashabbusi bilim yurti tarixida yangi sahifa ochdi, — deydi bilim yurti mudiri A.Bobomirzayev. — O`tgan qisqa vaqt ichida bilim yurtimiz hududida yangi, zamonaviy majmua barpo etildi. Ayni paytda bilim yurtida Namangan, Andijon, Farg`ona viloyatlaridan qabul qilingan 160 nafar talaba Qur’oni Karim va tajvid, tafsir, hadis, islom tarixi, islom aqoidi, islom huquqi, arab tili, dinlar tarixi, mazhablar va yo`nalishlar fanlaridan saboq olyaptilar. Shuning¬dek, bu yerda talabalarga rus va ingliz tillari, informatika, matematika, ma’naviyat asoslari, buxgalteriya asoslari kabi dunyoviy fanlar ham chuqur o`qitilmoqda.

Akromjon SATTOROV.

Hotam MAMADALIYEV (foto)  

 

 

Янгиликларни дўстларингизга улашинг

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

two × 1 =