O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sankt-Peterburgga keldi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 20 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga tashrif buyurdi.

«Pulkovo» xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko va boshqa rasmiy shaxs­lar kutib oldi.

O'zbekiston Prezidenti Mus­taqil Davlatlar Ham­do'stligiga a'zo mamlakatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.

MDH mamlakatlari yetakchilari ko'p tomonlama hamkorlikning holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.

Eslatib o'tamiz, 2020 yilda Hamdo'stlikda O'zbekiston Respublikasi raislik qiladi.

O'zA.

Javob qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

two × two =