Uzoqdagi… yaqin döst

Hayot yöllarida biror marta uçraşmagan, ammo salkam uç muçal muddatda bilganim, muxlisligim, orqavorotdan ijodiy yutuqlaridan quvonib, zamondoş va hamfikrligimdan faxr tuyganim, bir quçoq   taşvişlaridan ozorlanganim… deyarli butun jurnalistik faoliyatini eng oğir va masʼuliyatli sohaga bağişlagan hamkasbim haqida yozmoqçiman.

* * *

…Mustaqillikning ilk yillari edi. Boğot tumani hokimi   Şakarjon Xöjaniyozova özi hayratlangan bir holatni aytib   berdilar: “Poytaxtdan –televideniyedan bir jurnalist keldi. Hali ikkinçi öqiş jarayonida bölgan yangi qonun böyiça fikrimni bilmoqçi, suhbat uyuştirmoqçi ekan. Işlar bilan çalğib, töğrisi, qonun loyihasini   töliq   öqişga   ulgurmagandim. Buyam mayli, intervyu davomida aytadigan   fikrlar topilar, ammo muxbir menga öşa qonunga yana kiritilişi kerak bölgan moddalar haqida, şularsiz qonunning taʼsirçan kuçi bölmasligi, ertaga özaro munosabatlarda fors-major holatlari yuzaga kelişi haqida kuyunib gapirdi. Jurnalistning qonunni mukammal bilişi qiziqtirdi. Bilsam, u nafaqat jurnalist, balki oliy maʼlumotli huquqşunos ham ekan, meni qoyil qoldirdi. Endi mustaqillikning ilk qadamlarini bosayotgan yurtimizga şunday kadrlar juda   kerak! Ayniqsa, millionlar   qarşisida   tarğibot-taşviqot uçun masʼul bölgan jurnalistlar uçun!”

Şu joyda   bir oğiz Şakarjon opa haqida. Köpçilik biladi, Şakarjon opa mohir notiq, dunyoviy va diniy ilmlarni ham mukammal egallagan rahbar edilar. Bosma sözga bölgan munosabatlari boşqaça. Men tuman gazetasida   işlab yurardim. Gazetaning   bir sonida çorvadorlarga murojaat çop qilinişi kerak edi. Bir sahifa hajmida. Rayqöm topşiriği böyiça murojaatni yozdim. Endi uni rayqömning ikkinçi kotibiga körsatişim, bosişga ruxsat olişim kerak. Bu öşa davrlardagi şunçaki rasmiyatçilik edi. Oldinlari ham köp bora şunga öxşaş murojaatlarni tayyorlaganmiz.

Şakarjon opa öşa vaqtda ikkinçi kotib edilar. Aynan qişloq xöjaligi va çorva uçun masʼul. Murojaat matnini olib, kabinetlariga kirdim. Murojaat gazetaning ertangi sonida çiqişi kerakligi uçun şoşib turibman. Hali uni terdiriş kerak, sahifalaş kerak işlari bor. Opa birrov köz yugurtiradilar, deb öylaganim uçun hatto taklif qilsalar-da ötirmadim.

Opa erinmasdan olti varaqlik matnni öqidilar va ikki yerida tuzatiş kerakligini aytdilar. Yana jumlalar ğalizligi uçun tuzatdilar. Jurnalist sifatida bu tuzatişlar menga qattiq botdi. Ammo opa haq edilar…

Bosma sözga rahbarning bu qadar masʼuliyatni his qilişini faoliyatim davomida oçiği, juda kam uçratdim.

Bilimi, dunyoqaraşi, salohiyati şu qadar bölgan Şakarjon opa öşa vaqtda tuman hokimi va Oliy Majlis deputati ham edi. Opa tan olayotgan hamkasbim esa Inobat Normurodova edi…

* * *

Inobatning jurnalistik   faoliyatiga   salkam 45   yil bölgan bölsa   şuning öttiz yili   Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasida, aniqroği siyosiy-ijtimoiy körsatuvlar redaksiyasida, avval muharrir, katta muharrir, hozirgaça esa siyosiy şarhlovçi. Qonun çiqaruvçi Oliy organ — Parlamentimizning har ikki palatasidan körsatuvlar tayyorlaydi. Rahmatli Şakarjon opa   senator bölganlaridan keyin   ham bir neça bor Inobat   haqida gapirganlar.   Xivadagi 20-Mehribonlik uyining rahbari, Özbekiston Qahramoni, senator Vera Pakning Oliy Majlis Senatidagi   faoliyati, şuningdek, yana bir urgançlik senator Egambergan Karimovning senatorlik faoliyatidan qilgan körsatuvlarini ança paytgaça maqtab “dim çaqqon-yey,   şu qiz ..” deb qöyardilar.

“Parlament vaqti”, (ayni kunlarda “Parlament hayoti”) “Hayotimiz qomusi”, “Inson va   qonun” körsatuvlari   muallifi,   siyosiy şarhlovçi…

Bu ikki jumla aytişga oson — oğizning bir burçagidan çiqib ketadi. Aslida… Bu   jarayonlar – eng oğir, toşi zalvorli, masʼuliyati salmoqli soha. Sen aytmoq, suhbatdoşing bildirmoq bölgan fikrda nafaqat bir jumla, hatto bitta söz ahamiyatli. Noörin işlatilsa… asablargina emas, “boşlar ketişi” aniq.

Yana bir gap, mustaqillik yöliga qadam qöygan davlatimizda barça qonunlar, qonunosti hujjatlari, nizomlar, kodekslar işlab çiqilgan davrda ana şu yangiliklarni şarhlaş,   fuqarolarga yetkaziş oson bölmagan. Açinarlisi, yangi qonunlarni “tasodif” röyxatga kirib qolgan aksar deputatlar özlari bilişmas, şarhlaş u yoqda tursin, nomini aytişda   adaşişgan vaqtlari bölgan. Hatto qoğozdan hijjalab öqib berganlarining ham guvohi bölganmiz. Şunday vaziyatda yangi qonun böyiça tezkor deputat bilan suhbat uyuştiriş topşiriğini olgan   jurnalistga oson tutmang!

Yana bu yoqda suhbat mingta çiğiriqdan ötişi kerak. Töğridan-töğri efirga uzatiş haqda gap bölişi mumkinmas.

Şu maʼnoda “qaynoqli qozon”da öttiz yilki işlab kelayotgan hamkasbimizga qoyil qolmay ilojimiz yöq!

* * *

Esimda, “Turkiston”da işlab yurgan kezlarimizda bir gal döstim Qurbon Eşmat (Olloh rahmat qilgan, bölsin!): “Jöra, “Şarq yulduzi” jurnalida işlaş har kimga ham nasib qilavermaydi. Otaxon jurnal. Menman degan yozuvçilar bu yerda işlaşni orzu qiladilar. Kursdoşim Inobatni birovga öxşamagan gözal şeʼriyati uçun, badiiy asarlar, şeʼrlar “tilini tuşungani” — tahrirda mohirligi uçun işga qabul qilişgandi. Öz örnini topib, katta dargohda işlab yurgandi. Birin-ketin kitoblari çiqayotgandi. Keça eşitdim, televideniyega işga ötibdi. Yana siyosat studiyasiga! Özini azobga taşlaganiga heç tuşunmadim” deb kuyunib qoldi.

Bu paytda biz “Turkiston”da özimiz xohlagan mavzularda, emin-erkin, könglimizga kelgan gaplarni yozib yurgandik. Heç birimizning siyosiy mavzularga boş urgimiz kelmasdi. Ana şu paytlardan Inobat   Normurodova esimda qolgan…

* * *

Inobatning “Soğinç sohili”, “Köngil quşlari”, “Öttizinçi uy”, “Kunlarimni uçirdi yellar”, “Qadimgi qöşiq”, “Oqsuv” kabi mağzi töq, falsafiy, betakror öxşatişlar, nozik nazmiy qoçirimlarga boy şeʼrlardan iborat töp­lamlarini bilamiz. Özbek şeʼriyatida öziga xos ovozi, öziga xos   uslubi borligidan quvonganmiz. Şeʼrlaridagi ayrim satrlarni maqolalarimga sarlavha uçun tanlagan örinlarim bölgan.

Hamkasbim Özbekiston   telekanalining siyosiy   şarhlovçisi Inobat Normurodovaning “Oynai jahon”da bilan dolzarb mavzulardagi suhbatlarini vaqt topib, albatta, körişga intilaman. U   ayrim   telejurnalistlar kabi hamsuhbatiga mikrofonni tutib, oldindan yod olgan bir-ikki savolni beriş bilan çeklanmaydi. Ayrim suhbatlari tengtomonli muloqot böladi. Jurnalist suhbat davomida faqat deputat yoki senator aytayotgan gaplar ting­lovçisiga aylanmaydi – öz fikrlari, qaraşlari bilan mavzuni oçişga harakat qiladi. Sessiya zallaridan “suflyorsiz” şahrlayotgani bilinib   turadi.

Döstlar bilan   uçraşganda Inobat haqida   gap ketsa   “qonunlarning nomlarini qanday yodida   saqlab qolarkin, zerikmasmikin”, deb hazillaşib   qöyamiz.

Bu endi haqiqiy professionallik!

Şoira Inobat Oydin va siyosiy şarhlovçi Inobat Normurodova — bir tanada ikki betakror qobiliyatning, nodir isteʼdodning mujassam bölganidir!

Özbek adabiyoti va jurnalistikasida boşqa bunday şaxs yöq, bölsa ham ehtimol men uçratmagandirman.

* * *

…Ança yillar oldin bir kuni ismi jismiga mos kuyinçak singlim Mehribon Qurbonniyozova telefonda: hukumat   tadbiri payti, aniqroği, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga oid körsatuvini tasvirga oliş uçun   ketayotgan TV ijodkorlar   guruhi ötirgan “Damas” maşinasi “Turkiston” sanʼat saroyining   oldiginasida baxtsiz yöl   hodisasiga uçrabdi. Tasvirçi, texnik xodim va Inobat   kasalxonada emiş…

U paytlar bunday hodisalar haqida xabar berilmas –jimlik saqlanardi.

Hamkasbimiz — jonkuyar inson boşiga tuşgan taşvişni barça tanişlari birdek öz dardlari sifatida qabul qildilar öşa kunlari.   Keyinroq uzoqdagi yaqin döstimning   soğayib işga  qaytganidan   barça döstlari qatori   suyundim. Har gal   Toşkentga borsam uçraşaman   deyman, ammo nimadir   bölaveradi, uçraşolmay, Xorazmga   qaytaman. …

* * *

Bu   yil   mamlakatimiz katta siyosiy   jarayonlar oldida turibdi. Prezidentlikka   saylov,   mustaqilligimizning 30 yillik   bayrami. Bular hammasi,   ayniqsa, siyosiy jabhada ter   tökayotgan hamkasblarimizga   yana katta   mas­ʼuliyat yuklaydi. Şuni aytişim kerakki, agar adaşmasam,   ötgan öttiz yilda qonun çiqaruvçi oliy organ tarkibi olti marta almaşdi. Har beş yilda   saylov, referendumlar… Taqriban hisob-kitob qilsak,   Inobat Normuradova şu davrda mingga yaqin deputatlaru senatorlar bilan uçraşgan, suhbatlar uyuştirgan bölsa kerak. Nazarimda u Oliy Majlisning özgarmas, “mutlaq aʼzosi”ga aylangan göyo!

* * *

Inobatning tomoşabinni öziga tortuvçi bosiq, vazmin ovozi, suhbat ötkaziş madaniyatini mukammal egallagani bölğusi   telejurnalistlar   uçun bir maktab.

Ayniqsa, hozirda ayrim xususiy kanallarda bodroqdek köpayib ketgan, aytayotgan gapining egayu kesimini farqlamaydigan “teleboşlovçi yulduz”lar zamonasida.

* * *

Qadim Qaşqadaryoning Kitob mulkidan salkam 45 yil oldin poytaxtga orzulari qanotida iymanibgina kelgan qizning özbek adabiyotida, özbek telejurnalistikasida öz örnini topgani tahsinga loyiq. Yana qanaqa örin deng!

Bu Yaratganning inoyati, iqtidorli insonning yuz maşaqqat, ming intilişu izlanişlar samarasi ölaroq özini, özligini topgani!

Millionlab muxlislar eʼtiboriga tuşgani –“Özimizning Inobat” deyilmiş samimiy hurmatlarga erişgani.

Albatta çiroyli, havas qilsa arziydigan oilasi, farzandlari, nabiralari, ijodini qöllab-quvvatlab turadigan umr yöldoşi ….bu hali alohida mavzu. Toşkentga borib özi bilan körişsam bu haqda yana batafsil   yozarman. Hozirça uzoqdagi yaqinimga soğliq, salomatlik, uzoq umr tilayman.

Rözimboy HASAN,

jurnalist.

Xorazm viloyati.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan