O'tayotgan yilda…

Xalqaro Jurnalistlar Federatsiyasi (XJF) bugun xalqaro hamjamiyatni jurnalistlarning xavfsizligi va erkinliklarini himoya qilish bo'yicha aniq choralar ko'rishga chaqirdi. Chunki  2022 yilda o'ldirilgan hamda qamoqqa olingan jurnalistlar sonining keskin o'sishi qayd etilgan. XJF ma'lumotlariga ko'ra 2022 yilda o'z vazifasini bajarish chog'ida 67 nafar ommaviy axborot vositalari xodimlarining o'ldirilishi qayd etilgan. Bu 2021 yil (47) ga nisbatan 20 nafarga ko'p ekanligini ko'rsatadi.    

Qayg'uli ro'yxatda birinchi o'rinni Ukrainadagi urush hududi egallab turibdi. U yerda 12 jurnalist halok bo'lgan.

Ikkinchi o'rinda Meksika (11), siyosiy vaziyat tarangligicha qolayotgan Gaiti (6) uchinchi o'rinda qayd etilgan.

Pokistondagi siyosiy inqiroz davrida 5 nafar jurnalist o'ldirilgan. Filippinda prezident Markos hukmronligi davrida jurnalistlarga nisbatan zo'ravonlik oqibatida 4 nafari hayotdan ko'z yumgan.

Umuman olganda, Amerika qit'asida 29, Osiyo-Tinch okeani hududida 16, Yevropada 13, Yaqin Sharq va arab dunyosida 5, Afrikada 4 nafar jurnalist o'limi qayd etilgan.

XJF bosh kotibi Entoni Bellanjerning aytishicha, bu butun dunyo hukumatlarini uyg'otuvchi qo'ng'iroq sifatida baholanishi kerak.

— Harakat qilmaslik faqat erkin axborot oqimini bostirishga va odamlarning o'z rahbarlarini javobgarlikka tortish qobiliyatiga putur yetkazmoqchi bo'lganlarni, shu jumladan, hokimiyat va ta'sirga ega bo'lganlarning ochiq va inklyuziv yo'liga to'sqinlik qilmasligini ta'minlashga yordam beradi. Endi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan XJFning Jurnalistlarning xavfsizligi va mustaqilligi to'g'risidagi konvensiyasini qabul qilish vaqti keldi, – deydi Entoni Bellanjer.

Shuningdek, XJF 2022 yilda siyosiy repressiya qurboniga aylangan jurnalistlar sonini ham ochiqladi. Ommaviy axborot vositalarining ovozini o'chirish va erkinlik noroziliklarini bos­tirish maqsadida Xitoy, Belarus, Misr, Gongkong, Eron, Myanma, Rossiya singari mamlakatlarda jurnalistlarni ta'qib qilish kuchaygan. Hozirda kamida dunyo bo'ylab 375 nafar jurnalist va ommaviy axborot vositalari xodimlari panjara ortida qolmoqda. Bu so'nggi ikki yildagi eng yomon ko'rsatkichdir.

Xitoy va Gongkongda qamoqqa olingan jurnalistlar soni eng ko'p – 84 nafarni tashkil qilmoqda. Keyingi o'rinlarni Turkiya (51), Eron (34), Belarus (33), Misr (23), Rossiya (29), Saudiya Arabistoni (11), Yaman (10), Suriya (9) va Hindiston (7) egallagan.

Internet ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

17 − fourteen =