Jadid bobolarimiz so'zi
Istibdod davrida biz musulmon yoshlarning kecha-kunduz maktab-maktab deya baqirdiqlarimizni ko'z oldimizg'a keltirsak, endi o'shal vaqtda imtilgan amalimizni ko'z oldimizda ko'rarmiz. Ish shundog' ekan, endi ham tanballik etsak, butun mas'uliyat kelajak tarixda bizim ustimizda bo'lur.
Abdulla QODIRIY
Har bir millatning dunyoda borlig'ini ko'rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo'qotmak millatning ruhini yo'qotmakdur.
Abdulla AVLONIY
Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun sa'y-harakat qilsinlar, lekin avval o'z ona tilini ko'zlariga to'tiyo qilib, ehtirom ko'rsatsinlar. Zero, o'z tiliga sadoqat — bu vataniy ishdir.
Ishoqxon IBRAT
Hozir yer yuzidagi odamlarg'a qaraganda, aksar musulmon toifasi ilmu fan, davlat va hukumat to'g'risig'a keyin qolib, ilmlik musulmonlarg'a qaraganda biz turkistoniylar zamonidan bexabar qolibmiz. Masalan, Xitoy va Hindiston mamlakat va odamlari to'g'risindagi bilgumiz butun bekor va beasldur. Aksar dunyo ishlari to'g'risig'a ham bizlarni bilishimiz xatodur, ya'ni dunyodan xabarimiz yo'qdur.
Mahmudxo'ja BEHBUDIY
Ey Ulug' Turon, arslonlar o'lkasi!
Qayg'urma! Eski davlating, eski saltanating, eski yigitlaring, eski arslonlaring hammasi bor, hech biri yo'qolmamishdir.
Abdurauf FITRAT
Xalq dengizdir, xalq to'lqindir, xalq kuchdir!
Abdulhamid ChO'LPON