Hamkasbimizni qutlaymiz!

Gazetamizning Surxondaryo viloyati bo'yicha muxbiri Amanqulov Safar (Safar Omon) Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovining “Oila va mahalla mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun” rag'batlantiruvchi nominatsiyasida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Tahririyatimiz nomidan mehnatkash, samimiy inson, taniqli jurnalist hamkasbimizni samimiy qutlaymiz. Uning kelgusidagi ijodiy ishlarida yuksak parvozlar tilaymiz.

Yuksak e'tirof muborak bo'lsin!

“Hurriyat” JAMOASI

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

3 − 1 =