“Eng ulug‘, eng aziz”

O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Kinematografiya agentligi, Respublika “Tas­viriy oyina” ijodiy uyushmasi, Badiiy akademiya, O'zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mamlakatimiz mustaqilligining o'ttiz uch yilligiga bag'ishlangan “ENG ULUG‘, ENG AZIZ” an'anaviy respub­lika ko'rik-tanlovini e'lon qildi.

Tanlovga “Bir bo'lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” degan bosh g'oyani o'zida mujassam etgan asarlar-materiallar qabul qilinadi.

“ENG ULUG‘, ENG AZIZ”

tanlovi quyidagi nominatsiyalar bo'yicha o'tkaziladi:

– bosma OAV xodimlarining eng yaxshi jurnalistik ishlari;

– televidenie va radio ijodkorlarining eng yaxshi materiallari;

– internet jurnalistikasi;

– publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun;

– yozuvchi va shoirlarning eng yaxshi badiiy asarlari;

– tasviriy san'at, foto va dizayn ishlari;

– kino san'ati asarlari.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:

– muallif haqida ma'lumotnoma (ob'yektivka);

– muallifning pasporti yoki ID-karta nusxasi;

– muallifning manzili va bog'lanish telefonlari.

Tanlovga 2023 yilning 1 avgustidan 2024 yilning 1 avgustigacha bo'lgan davrda e'lon qilingan materiallar — asarlar joriy yilning 15 avgustigacha qabul qilinadi.

Tanlov g'oliblari O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o'ttiz uch yillik bayrami arafasida mukofotlanadi va ularning ro'yxati matbuotda e'lon qilinadi.

Bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari, televidenie va radio ijodkorlarining materiallari hamda internet jurnalis­tikasi bo'yicha ijodiy ishlar “Eng ulug‘, eng aziz” tanloviga deb ko'rsatilgan holda O'zbekis­ton Jurnalistlar uyushmasining (99 466-10-25) raqamiga ochilgan (O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi) telegramiga yuboriladi.

Murojaat uchun telefonlar:

71 244-37-87, 71 244-64-62.

Tasviriy san'at, foto va dizayn ishlari O'zbekiston “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining (97 761-11-71) telegram raqamiga yuboriladi.

Murojaat uchun telefonlar:

71 244-27-79, 71 244-57-24.

Kino san'ati asarlari O'zbekiston Respub­likasi Kinematografiya agentligining ­(90 673-39-40) telegram raqamiga yuboriladi.

Murojaat uchun telefon:

71-277-81-49.

Eslatma: yuqoridagi yo'nalishlarda hujjatlar elektron tartibda qabul qilinadi.

Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga yuboriladi.

Manzil: 100066, Toshkent shahri, Bunyodkor ko'chasi, Adiblar xiyoboni.

Murojaat uchun telefonlar:

71-231-83-49, 71-231-83-67.

Jurnalistlar tomonidan nashr etilgan pub­litsistik janrdagi kitoblar bo'yicha tanlovda qatnashish istagida bo'lganlar O'zbekis­ton Jurnalistlar uyushmasiga bir dona kitob taqdim etadi.

Manzil: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko'chasi, 30-uy.

Murojaat uchun telefon:

71 244-37-87.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

11 + 16 =