NOSHIRLIK VA MATBAA KORXONALARIGA HUQUQIY KO‘MAK

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlangan vazifalarning amalga oshirilishi bo‘yicha joylarda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

 Jumladan, xususiy mulk va tadbirkorlikni huquqiy himoyasini kuchaytirish yuzasidan muhim huquqiy hujjatlar qabul qilingan.  Ushbu qonunlar ijrosi yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ham qator eshituvlar o‘tkazilmoqda. Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qo‘mitasining kengaytirilgan majlisida  O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktorining “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishi holati haqidagi axboroti eshitildi.

Unda “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning amaliyotda qo‘llanilishini o‘rganish, qonun normalarining amaliyotda samarali qo‘llanilishiga to‘sqinlik qiluvchi g‘ovlarni aniqlash,  qonunning ijrosini so‘zsiz ta’minlash, milliy iqtisodiyotning yuqori texnologiyalari sohasining tez sur’atlarda  o‘sishiga ko‘mak berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama etildi.

— Parlament eshituvida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining noshirlik sohasidagi vakolatli organ sifatidagi faoliyati atroflicha tahlil qilindi, — dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboev. — Shuningdek, noshirlik va Respublika axborot bozorining boshqa ishtirokchilari tomonidan noshirlik faoliyati sohasiga oid amaldagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, respublikada jismoniy va yuridik shaxslarning ishlab chiqarish, tarqatish, ma’lumotdan foydalanish, noshirlik faoliyatini litsenziyalash tizimini tashkil etish faoliyati tahlil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to‘g‘risida”gi qarori, noshirlik va poligrafiya korxonalariga soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha belgilangan imtiyoz va preferentsiyalari muhim ahamiyat kasb etayotganligi ta’kidlab o‘tildi. Ushbu imtiyozlar natijasida noshirlik va matbaa korxonalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, 2012-2015 yillar davomida qariyb 16,2 milliard so‘mlik mablag‘ iqtisod qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunni takomillashtirishga qaratilgan bozor ishtirokchilarining huquq va manfaatlarining kafolatlari, vakolatli organ vakolatlarini yanada aniq belgilash, noshirlik va matbaa korxonalariga zarur ko‘mak berish taklif va tavsiyalar bildirildi.

Jobir RAZZOQOV

tayyorladi.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

two × one =