Yangi sayilgoh

Toshkent shahar hokimligidan ma’lum qilishlaricha, poytaxtimizning Olmazor tumanidagi Qorasaroy ko‘chasidan Taraqqiyot ko‘chasi bo‘ylab to Keles yo‘li ko‘chasigacha “Damashi” kanalining qirg‘oq bo‘yi hududida “Soy bo‘yi” sayilgohini tashkil etish loyihasini amalga oshirish qizg‘in davom ettirilmoqda.

 Loyihaga muvofiq, yangi sayilgoh hududida aholining dam olishi, sayr va sayil qilishi uchun mo‘ljallangan ko‘ngilochar xiyobonlar tashkil etiladi, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari quriladi. 

“Soy bo‘yi”  Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2019 yilda Toshkent shahridan o‘tgan kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturiga binoan  barpo etilayotgan 12 sayilgohning biridir.

Qodir QODIROV.  

 “HURRIYAT” MUSHTARIYLARIGA

Avvalo, gazetamizning barcha muxlislari, jonkuyar mualliflari, mehnatkash hamkasblarimizni Navro‘z ayyomi bilan samimiy tabriklaymiz. 

Ancha kechikish bilan bo‘lsada chop etila boshlagan “HURRIYAT”ning joriy yildagi 1-soni qo‘lingizda. Ma’lum sabablar o‘laroq o‘rtada yuz bergan uzilish obunachilarimizni aslo tashvishga solmasin. Zero, tahririyatimizning ahil jamoasi yil yakunigacha va’da qilingan – “HURRIYAT”ning jami 52 sonini to‘la chop etadi. 

Shu bilan birga O‘zbekiston ziyolilarining sevimli nashrlaridan biri — “HURRIYAT”ga obuna qizg‘in davom etayotganini yana bir bor eslatib o‘tamiz. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar jamoalarini, barcha yurtdoshlarimizni yilning keyingi oylariga obuna bo‘lishga chorlaymiz. 

TAHRIRIYAT.

 
Янгиликларни дўстларингизга улашинг

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

1 × three =