Limonchilik – istiqbolli va serdaromad tarmoq, uni yanada rivojlantirish uchun “Turonbank” ham aniq amaliy chora-tadbirlarni ro'yobga chiqarmoqda

O'tgan yilning 6 martida Prezidenti­mizning “O'zbekiston Respublikasida limonchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori qabul qilingan edi. Shu asosida O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi, O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi, “O'zbekoziq­ovqatxolding” xolding kompaniyasi, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki taklifi bilan mamlakatimizda Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etildi.

Uyushma faoliyatini tashkil etish bilan bog'liq chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga ko'maklashish bo'yicha ishchi guruh ham tuzilgan. Ayni payt­da “Pyure frut treyd” MChJ, “Xolis sarkor zamin” MChJ, “QUBBO meva-sabzavot” MChJ, “Sag'bon tikuvchi elit” MChJ, “Sora invest” MChJ, “Uzoqboy nihollari”, “Qurbonov Izzatilla”, “Abdurahmon Abdug'affor davr” fermer xo'jaliklari hamda tomorqa yer egalari, limon eksporti bilan shug'ullanadigan xo'jalik yurituvchi sub'yektlar Uyushma muassislari hisoblanadi.

Bular bejiz emas, albatta. Limon istiqbolli va serdaromad tarmoqdir. Shu bilan birga, tabiatning ushbu ne'mati inson salomatligi uchun koni foyda. Avvalo, limon tabiiy qon tozalovchi vositadir. Xalq tabobatida undan qon bosimi ko'tarilganda,  oshqozon-ichak kasalliklarida, podagra, ateroskleroz,  o'pka sili, nafas yo'l­lari shamollaganda, gepatit, bavosir, siydik yo'llaridagi toshlarni eritishda, tana haroratini tushirishda, bod kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Limonning hidi asablarni tinchlantirish xususiyatiga egadir. Bunda u nafaqat ijobiy ta'sir qiladi, balki xavotir hamda tushkunlik hissi bilan kurashishga ham yordam beradi.

Ma'lumotlarga qaraganda, xorijda Elita restoranlarining oldiga atayin limon daraxtlarini ekishadi. Negaki, ular mijozlarning bu yerda o'zlarini qulay va xushkayfiyatda his qilishlarida katta rol o'ynaydi. Bundan tash­qari, limonni kundalik iste'mol qilish qarish belgilarini bartaraf etadi. Bu mahsulot S, A, Ye vitaminlari, xrom, kaliy, magniy va temirga boy. Undan tabiiy tetiklashtiruvchi vosita sifatida foydalanish mumkin.

Shu bois ham bugungi kunda respublikada limon ko'chatlarini yetishtirish va uni yetishtiruvchi issiqxona xo'jaliklarini tashkil etishni jadal rivojlantirishga e'tibor qaratilmoqda. Sohaning eksport salohiyatini yanada yuksaltirish, aholi bandligi va daromadlari darajasini oshirish ham bu borada katta rol o'ynaydi. Ayniqsa, qish­loq joylarda yangi ish o'rinlari yaratish mexanizmini ta'minlaydigan yagona tashkiliy tizimni barpo etish hamda innovatsion texno­logiya­lar asosida limon yetishtirishni kompleks rivojlantirish tarmoq istiqboli uchun muhim omildir.

Yurtimizda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va ularni eksportga yo'naltirish borasida tijorat bank­lari ham amaliy chora-tadbirlar ko'rayotganini alohida qayd etish darkor. Xususan, banklarning issiqxona tashkil etishga ajratayotgan sarmoyalari qisqa fursatda samara berib, eksportbop ozuqa mahsulotlari soni va hajmining ortishiga zamin yaratmoqda.

Bu borada “Turonbank” ATB ham bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kela­yotir.

Yaqinda bank tomonidan Surxondaryo viloyatining Jar­qo'rg'on tumanida limonchilikni rivojlantirish bo'yicha amaliy seminar tashkil etildi. Unda “Turonbank” ATB Bosh­qaruvi raisi Ch.Mirzayev, Jarqo'rg'on tuman hokimi Z.Davlatov, Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi rahbariyati, Toshkent agrar universiteti professor-o'qituvchilari hamda limon yetishtiruvchilar va sohaga qiziquvchi turli qatlam vakillari ishtirok etdi.

Xalq tabobatida undan qon bosimi ko'tarilganda, oshqozon-ichak kasalliklarida, podagra, ateroskleroz, o'pka sili, nafas yo'llari shamollaganda, gepatit, bavosir, siydik yo'llaridagi toshlarni eritishda, tana haroratini tushirishda, bod kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Limonning hidi asablarni tinchlantirish xususiyatiga egadir. Bunda u nafaqat ijobiy ta'sir qiladi, balki xavotir hamda tushkunlik hissi bilan kurashishga ham yordam beradi.

Seminarda bugun yurtimizda limonchilik sohasiga qaratilayotgan e'tibor va taqdim etilayotgan imtiyozlar xususida so'z yuritildi. Xususan, “Turonbank” ATB Bosh­qaruvi rai­si Chori Mirzayev tadbir qatnashchilariga sohaga bank tomonidan ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, tarmoqning istiqbolli va serdaromad tomonlari haqida gapirdi. Tadbirkorlar va sohaga qiziquvchilarning ko'plab savollariga batafsil javob qaytarildi.

Seminar davomida Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi hamda Toshkent agrar universiteti vakillarining issiqxona tashkil etish, limonni qayta ishlash hamda uni yetishtirish bo'yicha tavsiya va ma'ruzalari tinglandi.

Bunday sermazmun uchrashuv shu kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi “UZAGRO LIDER” MChJ hududida ham tashkil etildi. Shunisi e'tiborliki, mazkur seminarlarda viloyatning o'ndan ortiq tumanidan 300 ga yaqin sohaga qiziqqan tashabbuskorlar ishtirok etdi. Ularning 20 ga yaqini limonchilik bo'yicha kredit mablag'i olish istagini bildirdi. Seminarda ushbu fuqarolarga kredit olish uchun zarur bo'lgan hujjatlar bo'yicha tushuntirish hamda ko'rsatmalar berildi. Ularning tashabbusini “Turonbank” astoydil qo'llab-quvvatlashi alohida ta'kidlandi.

Xolida Ahmadjonova.

Xizmatlar litsenziyalangan.

Reklama huquqi asosida.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

17 + ten =