Mardlik va shijoat ko'rsatishdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida ham o'quv jarayonini takomillashtirishga, nazariya bilan amaliyot uyg'unligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilgan. Akademiya kursantlari o'quv yong'in-qutqaruv, favqulodda  vaziyatlar va oqibatda yuzaga kelayotgan har qanday keskin holatlarda to'g'ri harakat va qat'iy qaror qabul qilish, kasbiy mahorat hamda amaliy ko'nikmalarini shakllantirishda olayotgan nazariy bilimlarini amaliyotda samarali qo'llab kelishmoqda.

Akademiyaning 5-bos­qich kursanti Bobur Abbosov “Bo'linmalarda xizmat va jangovar tayyorgarlikni tashkillashtirish bo'limi katta ofitseri” amaliyotini Namangan viloyatida o'tadi. U Uychi tuman Fav­qulodda vaziyatlar bo'­limi inspektori, katta serjant Pahlavon Davlatov bilan birgalikda Beruniy nomli MFY hudu­dida tar­g'ibot ishlarini olib borayotgan edi. Ana shu paytda shu hududdan oqib o'tuvchi kanalga o'zini tashlagan odam haqida, shoshilinch xabardan voqif bo'lishadi.

Ular katta kanal o'zanida suvda ko'rinib-ko'rinmay oqib ketayotgan, ruhiy xas­taligi bo'lgan fuqaroni qutqarib, uning yaqinlariga topshirishadi.

Ta'kidlash joizki, albatta, yuksak jismoniy tayyorgarlikka hamda harbiy-qutqaruv amaliyotiga ega bo'lgan har bir kursant qutqaruvchidek sharafli kasbini sid­qidildan bajaradi. Akademiyada tahsil olayotgan bo'lajak qutqaruvchilar yuqoridagidek, qat'iyatli va jasur, har qanday holatda odamlarga yordami tegadigan mard insonlar ekanligini amalda isbotlashmoqda. Ha, shunday. O'z kasbiga sadoqatli, mard va fidoyi shaxslar ibratli faoliyatlari ila el-yurt faxriga aylanishadi.

Farhod Xojayev,

FVV Akademiyasi o'qituvchisi, kapitan.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

2 × two =