Yomon fe'lli kishidan haromdan parhez qilgandek parhez qilinglar.

Yomon fe'lli kishidan haromdan parhez qilgandek  parhez qilinglar.

Abu Bakr Varroq Termiziy.

Bekorchilik  va aysh-ishrat  nafaqat  nodonlikka olib keladi, ayni vaqtda kasallikning tug'ilishiga ham  sabab bo'ladi.

Abu Ali ibn Sino.

Ishning qulayini   axtarmak  yalqovlikdir, qulay ishdan buyuk unum chiqmas. Buyuk  unumli  ishlar qulayda  bo'lmas.  

Fitrat.

Tana — nafas  juda ham yaramas  xilqatdir, uni ardoqlagan sayin yovuzligi ortib boraveradi.

Yusuf Xos Hojib.

Mol va dunyoga mag'rur bo'lub, har kimga haqorat  ko'zi  ila qaragan  kishilar  tezgina  o'zlari ham xor va haqoratga  duchor bo'lurlar.  

Abulla Avloniy.

Mol hammaga mahbub (sevimli)dir. Har kimda mol bo'lsa, unga ta'zim  qiladi.

Agar uning qo'lidan ketsa, yoniga yo'lamaydilar.  

Xoja Axror Valiy.

Kimki adovatu  xusumatni eksa, albatta, u tashvishu mashaqqat o'radi.

Mahmud Zamaxshariy.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

five × five =