Hammasi onalar haqida
Ertadan keçgaça yoş bola bilan uyda yolğiz qoliş maşaqqatini kim biladi: Ona.
Bemor bolasining boşida tonggaça emas, kerak bölsa oylab bedor böladigan ham: Ona.
Bir qadam bosib-bosolmay, bir gapini gapirib-gapirolmay emaklayotgan, ğudranayotgan bolaga termulib bor azobini unutib yuboradigan ham: Ona.
Muqaddas kitoblar, rivoyatlarda, afsona-yu ertaklarda, borliqning u xoh oğzaki, xoh yozma adabiyoti bölsin Ona uluğlanadi.
Bolaligingizda qanday bolakay bölgansiz, deb istagan odamingizdan sörang. Tezda labining tanobi qoçadi: yayrab kuladi, yelkalari silkinib miriqadi, rohatlanib zavqlanadi. Va şöxliklarini aytib çarçamaydi. Sizning ham özining kayfiyatini kötaradi. Odamning qalb qulfiga eng zör kalit, menimça – bolalik bölsa kerak. Şöx bölmagan bola yöq. Kimdir sal çegaradan çiqar, kimdir sal bosiqroq bölar lekin baribir “bezori” bölgan. Mana şu bezoriliklaru şöxliklardan joni tomoğiga kelgan, yuragi goh tovoniga dovur tuşgan, goh közlari katta-katta bölib hayratlangan bir zot bor u ham – Onadir. Bizning ilk bor köz oçib körgan muborak insonimiz-da – Ona.
Onalar haqida köp va xöb aytilganidan xabardorsiz. Şeʼrlarni, dostonlarni miriqib öqigansiz. Goh dod solib yiğlab, gohi kulgansiz. Gohida zilday oğir öylarga ham borgansiz.
Kitobiy va hayotiy gaplarni yana davom etkazib sizning vaqtingizni olmoqçi emasmiz.
Yaqinda Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyida “Onajon – Kaʼbam özing” degan nomda ajoyib bir kitob naşr etildi. Öşa kitobdagi barça hikoyalar onalarga bağişlangan. Özbek onalariga atalgan ajoyib bitiklar desak ham böladi. Farzandlarining onalariga aytib aytolmagan qalb bitiklarini öqisangiz bir xulosaga kelişingiz tayin: Dunyoda onadan buyuk yana kim bor?! Nahotki, onaning yuragi şunça keng bölsa.
Muxtasar tilagimiz, aytmoqçi bölgan sözimiz şuki aziz muştariy, uşbu kitobni, keç bölmasdan, albatta topib öqing. Onangiz hayot bölsa, boring, yaxşi körişingizni ayting, agar dunyodan ötgan bölsa, duoi fotiha qilib qöying.
Sanjar Tursunov
