Vazir Nöşiravonga qanday gapni yetkazgan? Yoki Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”si yangi talqinda

Özbekiston   Respublikasida xizmat körsatgan   fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, filologiya fanlari doktori, akademik Aziz Qayumovdan zamondoşlari va kelajak avlod uçun juda ulkan ilmiy va badiiy maʼnaviy meros qoldi. Olim serqirra ijodkor, mehnatsevar, mehribon va juda xayrixoh inson edi. Aziz Qayumovning ustozlar yölini tutib, ularga monand hayot qoidasi insonlarga faqat yaxşilik qiliş edi.

Mumtoz adabiyot namunalarini çuqur örgangan olim uşbu asarlar mohiyatini elga yetkazişda öziga xos yöl tutadi. U odamlar tez tuşunadigan, anglab yetadigan sodda, xalqona usul bilan qisqa jumlalarda ifoda etiş yölini tanlaydi. Manbaning mazmunini yoritar ekan, muallif badiiy lavhalardan, lirik çekiniş­lardan keng foydalanadi.

Aziz Qayumov tomonidan amalga oşirilgan Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”si talqini hali öz öquvçilariga yetib bormagan yangi asardir. Bunda ham olim avvalgi tadqiqotlarini ommaga yetkazişdagi yölidan boradi.

Nizomiyning şoh asari bölmiş “Xamsa”si — beş dostondan iborat. Aslida ham “Xamsa” “Beşlik” deganidir. Ular quyidagilar: “Maxzani asror” (“Sirlar xazinasi”), “Xusrav va Şirin”, “Layli va Majnun”, “Haft paykar” (“Yetti gözal”) va “Iskandarnoma”.

Eng asosiysi, uluğ şoirning “Xamsa”si keyingi ijod ahlining ham “Xamsa” yozişlariga turtki bölgan. Albatta, “Xamsa” uzoq asrlardan beri xalqlar örtasida ezgulik, xayr va çin insoniylik ğoyalarini tarğib va taşviq etuvçi asar sifatida katta örin egallab keladi.

Aziz Qayumov “Ikki oğiz söz” deb boş­lagan muqaddimasida uşbu asarni yozişda foydalanilgan manbalarni birma-bir körsatib ötadi. Ilm anglanadi. Buning uçun mutafakkirlarning asarlarini çuqur örganiş, maşaqqatlar evaziga xulosalar çiqariş talab etiladi.

Şu örinda akademik olimning badiiy mahorati, asarni jonlantiradigan lirik çekinişlariga ham baho berib ötsak. Nizomiy Ganjaviyning hayoti va ijodiy faoliyatiga izoh bergandan söng olim lirik çekiniş qiladi. Xotira deb nomlangan bu bölimda 1948 yilda Toşkentda Nizomiyning tuğilganiga 800 yil tölişi keng nişonlanganligi yodga olinadi.

“Men — Aziz Qayumov u vaqtda Toşkentdagi Örta Osiyo davlat universitetining Şarqşunoslik fakultetida öqir edim. Doim adabiyotga oid tadbirda iştirok etardim. Şuning uçun buyuk Ozarbayjon şoiri Nizomiy Ganjaviyga bağişlangan tadbirlarda bölganman”, deb söz boşlaydi olim. Şundan söng bölib ötgan tadbirlar, ularda maʼruza qilgan olimlar haqida xotiralar keltiriladi. Bu lirik çekiniş asrlar ötsa ham buyuk mutafakkir şoirning ajdodlari tomonidan   eʼtirof bilan eʼzoz qilinayotganiga işoradir.

“Nizomiy Ganjaviy bir umr xalq orasida yaşadi va ijod qildi. U heç qaçon saroy şoiri bölgan emas. Ammo u öz asarlarida xalq hayotining körkam va farovon bölmoği, ölkaning obodligi, jamiyat hayotida adlning hukmron bölmoğiga qaratilgan foydali yöl-yöriqlar, dono fikrlar izhor etdi. Şuning uçun ham xalq uni sevadi, uning nurli siymosini hamişa izzat-hurmat qiladi, ardoqlaydi”, deydi olim.

Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”sidagi birinçi asar “Maxzani asror”dir. “Maxzan” — xazina, Asror — sirning köpligi, yaʼni “Sirlar içra sirlar” degani. “Sirlar xazinasi” odatdagi dostonlarga öxşamaydi. Bu asar muqaddima hamda yigirma maqolatdan taşkil topgan. Bu maqolatlarda komil insonga xos sifat va fazilatlar töğrisida söz boradi. Bu jihatdan u falsafiy-taʼlimiy tarbiyaviy mazmundagi şeʼriy asardir.

Aziz Qayumov “Sirlar xazinasi”dagi yigirmata maqolatda keltirilgan hikoyatlarni juda tuşunarli va sodda ifodalar bilan öquvçiga taqdim qiladi. Bu hikoyatlarning mazmun va mohiyati haqiqatan juda ibratli, qiziqarli. Unda Nizomiy zulmni qoralaydi, adolatni uluğlaydi, hukmronlarga adl bilan iş tutmoqni uqtiradi. Şu jihatdan, ikkinçi va törtinçi maqolatlarda bayon etilgan voqealar, ayniqsa, diqqatga sazovordir.

“Nöşiravon şoh öz vaziri bilan ovga çiqqan edilar. Yöl böyida ikki boyquş suhbatlaşardi. Boyquşlar bir-biriga quda bölişmoqçi edi. Biri ikkinçisidan söradi: “Ayt-çi, sen menga qança xarob uy berasan?” U javob berdi: “Agar şu podşohimiz hukmron bölib tursa, bemalol senga yuz ming xaroba uy beraman”.

Vazir Nöşiravonga boyquşlarning gaplarini yetkazadi. Podşoh bu suhbat mavzuidan ogoh bölgaç, öz qilmişlaridan puşaymon yeydi. Va mamlakatida adolat örnatib, mulk­ni obod qilmoqqa kirişadi. Şundan keyin u Nöşiravoni odil bölib, elga taniladi.

Uşbu rivoyatni öqib, bu mavzu insoniyat tarixida hali-hanuzgaça juda dolzarb ekanligini köramiz.

Olim tomonidan şu yösinda dos­tonning barça maqolatlari, hikoyatlari qisqa va lönda talqin etiladi. Şundan söng “Xamsa”ning boşqa dos­tonlari ham şarhlanadi.

Bu qisqa maʼlumotlarni batafsil bayon qilmoq imkoni yöq. Şunday bölsa-da, asarning törtinçi dostoni “Haft paykar” haqida qisqaça töxtalsak. Bu bölimda akademik olim “Haft paykar”ning bir neça tarjimalari haqida töxtaladi. Jumladan, XIX asr buyuk özbek şoiri Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan Nizomiy “Haft paykar” dostonining özbekça nasriy tarjimasi, şuningdek, 2016 yil naşr etilgan Nizomiy “Xamsa”sining özbek tiliga nazmiy tarjimasi muqoyasa qilinadi.

Maşhur şarqşunos olim Yevgeniy Eduardoviç Bertelsning fikriga köra, ulkan asarlarning nasriy tarjimalari köproq foyda keltirajak.       Ye.E.Bertels yozadi: “Şeʼriy tarjimalarning zarurligini eʼtirof etmoq kerak. Ular agar muvaffaqiyatli çiqqudek bölsalar, ulkan badiiy asarlarga aylanadilar. Ammo men hisoblaymanki, ular bilan bir qatorda badiiy nasrda qilingan tarjimalarni ham naşr etmoq kerak. Ular asl nusxani kitobxonga yetkazadilar. Bu tarjimalar Nizomiyning mahoratini oçib beruvçi izohlar bilan taʼminlanmoği ham lozim. Ana şunday nasriy tarjimalar adabiyotşunos mutaxassislarga, qardoş sohalarda işlovçilarga juda katta foyda yetkazadilar”.

Nizomiy Ganjaviyning “Haft paykar” (“Yetti gözal”) dostonining Ogahiy tomonidan fors tilidan özbek tiliga qilingan erkin tarjimasi XIX asr özbek adabiyotida ulkan voqea böldi.

Ogahiy bu dostonning mazmunini özbek kitobxoniga yengil, tuşunarli tarzda yetkazgan. Şu maqsadda Ogahiy matn böyiça ayrim qisqartirişlar, özgartirişlar, soddalaştirişlarga yöl qöygan. Asosiy maqsad doston mazmunini kitobxon yoki tinglovçiga yetkaziş bölganidan mohir adib şu yöldan borgan.

Ogahiy tajribasi har tomonlama örganişga munosibdir. Çunki, Ogahiy şarq mumtoz adabiyotining yirik va gözal namunalaridan bölmiş “Haft paykar”ni amalda özbek tilida qayta yaratgan. Uni köpçilikka manzur böladigan şaklga soladi.

Aziz Qayumov har ikkala tarjimaning ahamiyati haqida fikr yuritadi. Ogahiyning nasriy bayoni xalqqa möljallangani, xalq uni öqib asar mazmuni bilan tanişişi mumkinligi jihatidan katta ahamiyat kasb etadi.

“Şuningdek, Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa” dostonlar majmuasining asl matndan hozirgi özbek tiliga nazm bilan tarjima qilinişi ham juda katta voqeadir. Tarjimada asl matn deyarli aniq, vazni, qofiya teranligi taʼminlangan holda yoritilgan”, deb xulosa qiladi olim.

Akademik olimning “Nizomiy “Xamsa”si talqini” kitobxonga asar haqida töliq maʼlumotlarni beradi. Şuningdek, ilmiy nuqtai nazardan çiqarilgan xulosalar bilan birga badiiy talqin masalasi muştaraklik kasb etişi juda ahamiyatlidir. Dos­tonlarning mazmuni uning ibratli jihatlarini yoritiş bilan birga talqin etiladi. Nasriy bayonning xalqçilligi bilan asl matnning teran nazmiy ifodasi birdek ahamiyat kasb etadi. Olim bu izlanişlarning davom etişiga, yangi tarjimalar asosida tadqiqotlar amalga oşişiga umid boğlaydi.

“Nizomiy “Xamsa”si talqini” asari muhtaram olimning tuğilganiga 95 yil tölişi munosabati bilan ilk bor çop etilmoqda. Uluğ ustoz, akademik Aziz Qayumovning ruhlari şod bölsin.

Maʼmura RAŞIDOVA,

filologiya fanlari

nomzodi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan