Diqqat! Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XV milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov!

O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi qator tashkilotlar bilan hamkorlikda milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, jurnalistlarda tanqidiy-tahliliy mushohada va ijodiy faoliyatni rag'batlantirish maqsadida “Oltin qalam” XV milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni o'tkazadi.

3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag'ishlangan ushbu tanlovga 2020 yilning 31 martidan 2021 yilning 31 martigacha – bir yil davomida gazeta va jurnallarda chop etilgan, radio orqali efirga uzatilgan hamda televidenie orqali ko'rsatilgan va Internet nashrlarida e'lon qilingan materiallar 2021 yilning 10 apreligacha qabul qilinadi.

 

Tanlov g'oliblari uchun quyidagi mukofotlar ta'sis etiladi:

Jurnalistika sohasida bosh milliy mukofot. G'olib maxsus dip­lom, “Oltin qalam” ko'krak nishoni, statuetkasi va O'zbekiston Respub­likasida belgilangan bazaviy hisoblashning 200 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Asosiy mukofotlar:

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (televidenie – 1-, 2-, 3-o'rinlar);

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (radio – 1-, 2-, 3-o'rinlar);

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (bosma ommaviy axborot vositalari – 1-, 2-, 3-o'rinlar);

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (Internet-jurnalistika – 1-, 2-, 3-o'rinlar).

“Chet ellik jurnalistning O'zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun”( Bitta birinchi, 4 ta ikkinchi o'rin).

Birinchi o'rinni olgan g'olib diplom, “Oltin qalam” ko'k­rak nishoni, statuetkasi va bazaviy hisoblashning 160 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Ikkinchi o'rinni olgan g'olib diplom, “Oltin qalam” ko'krak nishoni, statuet­kasi va bazaviy hisoblashning 140 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Uchinchi o'rinni olgan g'olib diplom, “Oltin qalam” ko'krak nishoni, statuetkasi va bazaviy hisoblashning 120 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Rag'batlantiruvchi mukofotlar uchun nominatsiyalar:

Inson huquqlari mavzuisidagi eng yaxshi material:

Eng yaxshi fotoreportaj;

Eng yaxshi matbuot xizmati.

Mazkur nominatsiyalar g'oliblari diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 50 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

“Oltin qalam” tanlovi g'oliblarini mukofotlash, shuningdek, uni o'tkazish bilan bog'liq sarf-xarajatlar O'zbekiston ijodkorlarini qo'llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondining moliyaviy ko'magida amalga oshiriladi.

Shuningdek, milliy hamkorlar hamda qator xalqaro tashkilotlarning O'zbekis­tondagi vakolatxonalari va elchixonalar ham o'z rag'batlantiruvchi mukofotlarini ta'sis etgan (qo'shimcha e'lon beriladi).

Tanlov shartlari:

Tanlovga televidenie, radio, bosma materiallar hamda Internet nashrlarida e'lon qilingan ijodiy ishlar taqdim etiladi (5 tadan kam, 10 tadan ko'p bo'lmasligi kerak).

Televidenie bo'yicha videomateriallar (CD, DVD diskda) 3 daqiqadan 30 daqiqagacha bo'lishi kerak.

Radioeshittirishlar (CD, DVD diskda) 5 daqiqadan 30 daqiqagacha bo'lishi kerak.

Matbuot va Internet materiallarining skaner qilingan elektron, chop etilgan asl yoki ko'chirma nusxalari taqdim etilishi lozim.

 

Tanlovga yuborilgan materiallarga quyidagilar ilova qilinishi lozim:

– muallif haqida ma'lumotnoma;

– muallifning uy va ish telefonlari;

– pasport nusxasi.

 

Tanlov g'oliblarini tantanali mukofotlash marosimi 2021 yil 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni tantanali ravishda o'tkaziladi.

Mukofot bir shaxsga takroran berilmaydi.

 

Materiallar “Oltin qalam” tanloviga” deb ko'rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

100011, Toshkent shahri, Navoiy ko'chasi, 30-uy.

O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi

Telefonlar: 71-244-64-61; 71-244-37-87.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

nineteen + ten =