Barcha OAV va axborot xizmatlari diqqatiga!

O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi “Oltin qalam” XV Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov tashkiliy qo'mita va ishchi guruhlari, Uyushma boshqaruvi, uning huzuridagi kengashlar a'zolari, tajribali ustoz va faol jurnalistlar, internet jurnalistlari, shuningdek, jurnalist kadrlar yetishtiruvchi oliy ta'lim muassasalarining sohaga aloqador yetakchi xodim hamda tadqiqotchilarining taklif va tavsiyalari asosida “Oltin qalam” tanlovi nizomiga tegishli o'zgartirishlar kiritilganini ma'lum qiladi.

Unga ko'ra, tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlarni baholashda endilikda, tanlov hay'ati xulosasidan tashqari, uyushmaning “Journalist.uz” veb-saytida ochilgan “Oltin qalam – 2021” bo'limiga joylashtiriladigan materiallarga mamlakatimizda ro'yxatdan o'tgan barcha ommaviy axborot vositalari, axborot xizmatlari hamda soha uchun kadrlar tayyorlovchi oliy o'quv yurtlari jamoalari tomonidan besh balli tizim bo'yicha (ixtiyoriylik asosida) beriladigan baholarga ham tayaniladi. Boshqacha aytganda, ularning bahosi tanlov hay'ati tomonidan inobatga olinadi va shu asosda eng yuqori ball olgan g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.

“Journalist.uz” veb-sayti orqali materiallarni baholash quyidagicha amalga oshiriladi.

Ma'lumki, siz uyushma veb-sayti, telegramm kanali, “Facebook” kabi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga “Oltin qalam – 2021” tanloviga rukni ostida joylashtirib boriladigan materiallarni batafsil o'qib chiqish, eshitish va tomosha qilish chorasini ko'rishingiz bilan avtomatik ravishda uyushmaning “Journalist.uz” saytiga kiriladi. Saytga joylashtirilgan material bilan tanishib bo'lishingiz bilan “Baholang” so'ziga ko'zingiz tushadi. Ushbu so'z ostida doira shakli ichiga yozilgan 1, 2, 3, 4, 5 raqamlari paydo bo'ladi. Jamoadoshlaringiz bilan kelishgan holda istagan, masalan, 3, 4 yoki 5 raqami ustiga tugmani bosasiz. Keyin “OAV nomi va parolini kiriting!” degan yozuv chiqadi. Bu yerga siz o'zingiz faoliyat olib borayotgan OAV nomini (Bu jarayonda O'ZMTRK, O'zEOAVMA tarkibidagi va boshqa davlat va nodavlat (har bir, misol uchun, “Madaniyat va ma'rifat” telekanali) tele va radio kanallar, axborot xizmatlari, O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (har bir fakulteti alohida) hamda soha uchun mutaxassislar tayyorlovchi yurtimizdagi mahalliy va xorijiy oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari o'z jamoasi nomidan materiallarni baholash huquqiga ega bo'ladi) hamda ixtiyoriylik asosida OAV jamoasi va mas'ullari bilan maslahatlashib tanlangan to'rtta raqamdan iborat parolni kiritasiz. So'ng “Yuborish” degan yozuv paydo bo'ladi. Uni bosasiz. Keyin esa “Fikringiz uchun rahmat!” yozuvi chiqadi. Mazkur matn siz baholash jarayonini amalga oshirganingizni anglatadi. Ammo uning qabul qilinishi ta'minlanishi uchun ushbu tartibga qat'iy amal qilish talab etiladi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, OAVning parollari uyushma mas'ul xodimi Zafar Nazarov (Ish telefoni (71) 244-62-93, qo'l telefoni va telegramm raqami (90) 045-54-88 tomonidan ro'yxatga olinadi. Misol uchun, “Journalist.uz” ga joylashtirilgan ilk materiallardan birini baholagan “Ishonch” gazetasining paroli “7777”. “Ishonch” jamoasi baholagan har bir materialga shu parol kiritilishi shart bo'ladi. Ushbu parolning bitta raqami o'zgarsa ham baho qabul qilinmaydi.

Eslatib o'tamiz, “Oltin qalam –2021” tanloviga ijodiy ishlarni qabul qilish bo'yicha ishtirokchilarga imkoniyat yaratish maqsadida uyushmada haftaning shanba kunlari ham ertalab soat 09:00 dan kechki 18:00 gacha navbatchilik asosida materiallarni qabul qilish yo'lga qo'yilgan. Bog'lanish uchun telefon (71) 244-37-87.

O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi barcha OAV rahbariyat va ijodiy xodimlarini “Oltin qalam – 2021” tanloviga taqdim etilgan materiallarni baholash jarayonida faol ishtirok etishga chaqiradi. Unutmang, sizning fikringiz hakamlar hay'ati a'zolari adolatli qaror chiqarishi, tanlovning shaffof o'tishi ta'minlanishi uchun muhim ahamiyatga ega.

“Oltin qalam” Milliy mukofoti tashkiliy qo'mitasi.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

4 + four =