Adliya vaziri shunday dedi

Ma'lumki, shu yilning 12 mart kuni O'zbekiston Respub­likasi Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisi bo'lib o'tdi. Majlisda adliya vaziri R. Davletovning 2020 yilda huquqiy targ'ibot va ma'rifat sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti eshitildi.

Jumladan, u quyidagilarni ayt­di:

1 Gb mobil internet (o'zimizning pulga hisob­laganda. Tah.) Hindistonda 950 so'm, Isroil – 1200 so'm, Qirg'izis­ton – 2200 so'm, Italiya – 4500 so'm, Ukraina – 4900 so'm, Qozog'iston – 4900-5000 so'm bo'lsa, O'zbekistonda (54-o'rin) 16 000 so'mni tashkil qiladi;

* * *

2016 – 2019 yillar oralig'ida Respublikamizda chop etilgan kitob va broshyuralar birligi qariyb 600 taga, adadi esa 7 mln. nusxaga kamaygan, gazeta va jurnallarning yillik tiraji shu muddatda qariyb 2 baravarga qisqargan. Bu holat sohaning rentabelligi pasayishiga va asta-sekin so'nib borishiga olib keladi;

* * *

So'nggi to'rt yilda “O'zbekiston pochtasi” AJ tomonidan matbuot tarqatish hajmi 3 barobarga kamayib, uning matbuot tarqatishdagi ulushi 13 foizni tashkil etmoqda. Pochta aloqasi yetkazib berish uchastkalari soni esa 4800 tadan 3571 taga, qishloq joylarda 2893 tadan 2062 taga kamaygan;

bosma, elektron gazeta va jurnallarni, kitob­larni aholining iste'mol savatchasi tarkibiga kiritish masalasini ko'rib chiqish lozim;

* * *

2020 yil davomida is gazidan zaharlanish bilan bog'liq jami 52 ta holat sodir bo'ldi: 39 nafar fuqaro jabrlangan, 61 kishi vafot etgan. Aholi orasida tushuntirish ishlari (etarlicha. Tahr.) olib borilganida bunday achinarli holatlar kamaygan bo'lardi.

Adliya vazirligining “Minjust.uz” saytidan olindi.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

fifteen − 7 =