Öz xalqini rozi qilmoq uluğlarning işidir (Ustozga bağişlovlar)
Bu bitik yo bağişlovlar turfa holat, turli vaziyatlarda yozilgan. Baʼzan bir kayfiyat bois, baʼzan esa ustozning özi “bir kunda tört fasl keçar boşimdan” deya eʼtirof etganiday, bir sabab bölib yöl-yölakay qoğozga tuşgandir. Masalan, “Sovğa” degan şeʼr ustozning Yaponiya safaridan bir olam taassurot va zavqu şavq bilan qaytib kelganlaridan keyin, şu zavqu hayajonlar oğuşida, biz – bir neça şogirdlariga yaponça ruçka tuhfa qilganlari asnosida yozilgan edi. Aytmoqçimanki, xoh ikki qator, xoh tört satr bölsin – har bir şeʼrning öz möʼjaz tarixi va tarjimai holi bor…
Bu turkumdagi eng muhim, ayni paytda eng dardli va armonli nuqta – “Maʼnaviyat meʼmorlari” parçasida aks etgan deb öylaymiz. Boisi yangi zamon Bunyodkori bino etgan bugungi davru zamonlarni uluğ ustozlarimiz ham orzu etgan edilar.
Ustozlar yodi — xotirasi dillarimizda, ularning körmay ketgan kunlari haqi şu kunlarning qadriga yetaylik, aziz vatandoşlar.
Sirojiddin SAYYID,
Özbekiston xalq şoiri
El aro doim ziyo birlan
maorif bölgusi –
Bitta farzandi agar
Abdulla Orif bölgusi.
2011
* * *
(Ustoz şeʼriga)
Birinçi muhabbatim,
Oğrir dil, muhabbatim.
Birinçi muhabbatim –
Oxirgi muhabbatim.
2014
MAʼNAVIYAT MEʼMORLARI
(“Bedorlikning yöl xaritasi”
dostonidan)
…Bir Vatankim, poyoni yöq,
körinmaydir adoği,
Yurt binosin qurgan zotlar,
jonlar Sizga sadoğa!
Ostonadan boşlangaydir
asli taʼlim-tarbiyat,
Axloq-odob darslari ham
maʼrifat, maʼnaviyat.
Qirq beş kunda paydo bölmiş
köz oldingda zap şahar,
Bu möʼjiza qaydan keldi,
öyladingmi, hamşahar?
Toşkitoblar bitgan qadim
toş mahallar aytsinlar,
Hazrat Bobur gapirsinlar,
Tojmahallar aytsinlar.
Dunyodir bu ‒ turfa odam,
pastu baland turmuşdir,
Kimlar Rasadxona, kimlar
hasadxona qurmişdir.
Söz binosin qurgan zotlar,
jonlar Sizga sadoğa,
Ustoz Abdulla Orif ham
Çingiz Aytmatov oğa!
Siz eng qiyin zamonlarning
zaqqumlarin yutgansiz,
Elingizga şon keltirib,
el uçun jon tutgansiz.
Göyo hargiz ölmagansiz ‒
xuddi issiq nafasday,
Suratlardan qaraydirsiz
Alpomişday, Manasday.
Öxşaydirsiz mangu sönmas
maʼnaviy quyoşlarga,
Buyuk ibrat maktabisiz
Siz bugungi yoşlarga.
…Uç ming, tört ming xonadondan
taralgay mehr isi,
Beş yuz çevar qiz-juvonning
yorişganda çehrasi.
Ne-ne zulmat asrlarni
qalamim-la ağdardim,
Men şeʼrimga nur-ziyoni
şu uylardan axtardim.
Bitsaydim gar Termizdan to
Zomin, Şumanay qadar,
Zavqu şavqim, hayratlarim
bölgaydi yuz ming daftar.
* * *
Dunyodir bu – turfa olam,
pastu baland turmuşdir,
Kimlar Rasadxona, kimlar
hasadxona qurmişdir.
Bir Vatankim, poyoni yöq,
körinmaydir adoği,
Yurt binosin qurgan zotlar,
jonlar Sizga sadoğa!
Obod qişloq, bir köçangda
qança körku tarovat,
Qança orzu-havas kördim,
qança fayzu faroğat.
Bir göşangda duo aylar
muşfiq onajonlarim,
Qanot yozsin, ulğaysin deb
murğak polaponlarim.
Oilang tinç, Vataning tinç,
demak, uxla bolam, tinç,
Şirin, sokin tuşlaringday
bölsin röyi olam tinç.
Şavkatli el farzandisan ‒
duogöying şu eldir.
Öz elingga şaʼn keltirgil,
şaraf keltir, şon keltir.
Bir köngilni şod aylamoq
muşkul erur bağoyat,
Butun elni obod qilmoq
mardlikdir ham matonat.
Bu xislatlar poyqadami
qutluğlarning işidir,
Öz xalqini rozi qilmoq
uluğlarning işidir.
23.07.2018 y.
SOVĞA
Dunyoning yarmisi ‒ nur va ziyodan,
Yarmi ‒ yozuv-çizuv, yarmisi ‒ ğavğo.
Qalam keltirdingiz Yoponiyodan,
Dedingiz: Bu mendan sizlarga sovğa.
Olam musofirlar bilan bedordir,
Sayyohlar içra ham siz mullo, aka.
Dunyoning eng gözal qismi diydordir,
Diydor qutluğ bölsin, Abdullo aka!
Bunday payt körgali döstu yoron ham
Öğillari kelgay, qizlari kelgay.
Sizdan, quçoq oçib peşvoz olgan dam,
Yapon yomğirlarin islari kelgay.
Biz-çi, biz qalamni çöntakka urdik,
Göyo böy qöşildi qad, böyimizga.
Olis ellar haqda suhbatlar qurdik,
Söngra tarqab ketdik uy-uyimizga.
Şoirlik nimadir?
Dard bilan hijron.
Qalam ham bir neni ilğasa kerak.
Biz uxlab qolganda, tunlari pinhon
Bildirmay yaponça yiğlasa kerak.
2003
EHTIROM
Jahon bölmas muhoribsiz,
zamon bölmas muxolifsiz,
Yaşab bölmas bu dunyoda
vale şeʼru maorifsiz,
Kim aytur endi yayrabsiz,
kim aytur endi horibsiz,
Hamon Abdulla Orifsiz,
hamon Abdulla Orifsiz.
Tumanlar, barça yomğirlar,
fasllar suhbati içra,
Jununlar, iztiroblar ham
asrlar suhbati içra,
Qasrlar hayʼati içra,
vazirlar suhbati içra
Ayon Abdulla Orifsiz,
hamon Abdulla Orifsiz.
Bu yöllardan neça ustoz,
neça sohibkalom ötgan,
Uluğ Şayxzoda ham Oybek,
uluğ Ğafur Ğulom ötgan,
Ularning nomu yodin ham
bayotin bardavom etgan,
Nişon Abdulla Orifsiz,
hamon Abdulla Orifsiz.
Havolar, sarzaminlarda
bu şeʼriy kayfiyat bordir,
Vatan bordir Vatanda to
bu yangliğ şeʼriyat bordir.
Bu yangliğ şeʼriyat to bor,
Vatanda qadriyat bordir,
Makon Abdulla Orifsiz,
hamon Abdulla Orifsiz.
Tuzumlar uzra çaqnab,
kökda çaqmoqlarni söndirgan,
Muhit devorlariga dil
bilan çeçaklar undirgan,
Kömir dillarni kuydirgan,
temir yillarni sindirgan
Fiğon Abdulla Orifsiz,
hamon Abdulla Orifsiz.
Bu şeʼrlar yangragan uylar
çiroğida Vatan bölgay,
Ularni yodlagan avlod
saboğida Vatan bölgay,
Dilu jonu qaboği ham
qaroğida Vatan bölgay,
Zamon Abdulla Orifsiz,
hamon Abdulla Orifsiz.
Uluğ kunlar bahorida,
tiriklikning nahorida,
Uluğ el birla dardlaşgan
uluğ zotlar qatorida,
Jahon ahliga yuz tutgan
bu özbeklar diyorida
Jahon Abdulla Orifsiz,
hamon Abdulla Orifsiz.
2001
ONAMNING KULÇALARI
Keltirdi tong çoği bir
sabo va bir quş xabar:
Oçilmiş bahorning ilk
boyçeçak ‒ gulçalari.
Lekin men uçun eng zör,
eng quvonçli xuşxabar ‒
Onamning kulçalari.
Onamning kulçalari.
Ming çaqirim yöl bosib
kelgan sovğa-salom bu,
Mehr bilan boylangan
töşa-tugunçalari.
Har biri quyoş yangliğ
çaraqlagan olam bu ‒
Onamning kulçalari.
Onamning kulçalari.
Porlab ketar rözğorim,
yorişgay iliq-iliq
Könglimning muzlab yotgan
eng tiyra göşalari.
Har gal umid keltirgay,
keltirgaydir tiriklik ‒
Onamning kulçalari.
Onamning kulçalari.
Ayriliq, hijronlarga
töluğ umrim maktabi,
Ravşan tortgay uning eng
zim-ziyo köçalari.
Qirq yilkim taskin bergay
eng tansiq diydor kabi ‒
Onamning kulçalari.
Onamning kulçalari.
‒ Onangdan xabar olgil,
Siroj sen tez-tez borib…
Firoqlardan kiçraygan
jussasi, qölçalari,
Sizni köziga surtgay
ustoz Abdulla Orif,
Onamning kulçalari.
Onamning kulçalari.
Qismatimdan şodmanu
ammo Vaqtdan xafaman,
Yuzimga urilganda
köklamning dölçalari,
Sizning nazdingizda lek
men hamon talabaman,
Onamning kulçalari.
Onamning kulçalari.
Umr ber ham soğlik ber,
nur bergil közlariga,
Xudoyim, bir ayolga
dard, zahmat şunçalarmi?
Mehru soğinç bobida
öxşaydi özlariga ‒
Onamning kulçalari.
Onamning kulçalari.
2015
SOMONÇILAR
Ajabmas, erta kun bir şoir ukam,
Şeʼrlar yozib yursa Somon yölida.
Abdulla Oripov
Ustozlar Sözda ham xokisor quldek,
Tuproqdan izlaşgan armonlarini.
Bizlar özimizça zabt etib böldik,
Çangitib şeʼriyat osmonlarini.
Somon yöllarida yuribmiz, mana
Falak burjlaridan irjaymoqdamiz.
Kökda Zuhrodan ham sörab körmana,
Goh hiringlab, goho tirjaymoqdamiz.
Tölin oy agarçi bizga çoy damlab,
Bulutni töşakka aylantiroldik.
Bizlar bir holatda ketdik balandlab:
Biz sözni xaşakka aylantiroldik.
Tuproqqa qorganlar dil xirmonini,
Yerdan olgandirlar şeʼrga ham ixlos.
Ustozlar yiqqanlar Sözning donini,
Bizlar somon taşib yuribmiz, xolos.
2007
* * *
Oxir muxoliflar horib böldilar,
El-yurt söz fahmiga borib böldilar.
Sizning şeʼringizdan, Abdullo aka,
Qança Abdullalar orif böldilar.
2001
* * *
– Rozi bölgaysizmi, – derdi
keksa ustoz közda nam, –
Mendin özga barçangiz
hazrat Navoiysiz desam?..
2011
