Diqqat, tanlov: “Yilning eng faol jurnalisti”!

O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi “Yilning eng faol jurnalisti” tanlovini e'lon qiladi.   Tanlovga 2020 yilning 1 iyunidan 2021 yilning 1 iyunigacha gazeta va jurnallarda, internet nashrlarida e'lon qilingan materiallar, efirga uzatilgan teleko'rsatuv va radio eshittirishlar qabul qilinadi.

Toshkent shahrida faoliyat olib boruvchi ommaviy axborot vositalari vakillari (tanlovga) o'z ijodiy ishlarini O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasiga, hududlardagi OAV vakillari esa (materiallarini) uyushmaning Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar bo'limlari orqali joriy yilning 5 iyunigacha shaxsiy ma'lumotnoma, bog'lanish uchun telefon raqami va pasport nusxasini ilova qilingan holda taqdim etishlari lozim bo'ladi. Barcha yo'nalishlar bo'yicha ijodiy ishlar soni beshtadan kam, o'ntadan ko'p bo'lmasligi belgilangan.

Matbuot va internet yo'nalishlari bo'yicha materiallarning elektron (Word) shakli (material qachon va qaerda e'lon qilingani ko'rsatilishi shart) quyidagi raqamga (90 – 045-54-88) ochilgan telegram manziliga yuborilishi so'raladi. Televidenie va radio yo'nalish­lari bo'yicha ijodiy ishlar CD va DVD disklarda qabul qilinadi.

“Yilning eng faol jurnalisti” tanlovi g'olib va sovrindorlariga diplom hamda qimmatbaho sovg'alar Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag'ishlab 27 iyunda o'tkaziladigan bayram tadbiri arafasida topshiriladi.

Barcha yo'nalishlar bo'yicha materiallarning asl yoki ko'chirma nusxalari (tegishlicha qog'oz va disk shaklida) “Yilning eng faol jurnalisti” tanloviga deb ko'rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

 

100011, Toshkent shahri,

Navoiy ko'chasi, 30-uy.

O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi.

Murojaat uchun telefonlar: 71 244-64-61; 71 244-62-93.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

4 × 4 =