Mediasayohatdan nimalar oldik?

Kuni kecha — Xalqaro Matbuot erkinligi kuni ayyomini ustozimiz, “Xalq so'zi” gazetasining Sirdaryo viloyati bo'yicha muxbiri, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Ahmadali Shernazarov boshchiligida tashkil etilgan ziyo­rat va sayohatda o'tkazdik.

“Tabiat va jurnalist” deb nomlangan mediasayohatimiz manzili Jizzax viloyatining Yangiobod tumanidagi Xo'jamushkent ziyoratgohi bo'ldi. Unda ustozning jurnalistika oliy ta'limida tahsil olayotgan talabalar, mazkur   yo'nalishda o'qishni maqsad qilgan bitiruvchi-o'quvchilar, yosh jurnalist shogirdlaridan bir guruhi ishtirok etdi.

Mediasayohat va ziyorat davomida safar (yo'l)ocherki, reportaj janrlari bo'yicha nazariy-amaliy tushunchalar oldik. Shuningdek, sayohat taassurotlarimiz yuzasidan qisqa lavhalar yozish amaliyotini ham bajardik. “Jurnalist tabiat bilan qanchalik yaqin bo'lsa, uning ijodida o'ziga xoslik bo'ladi. Qolaversa, mana shunday go'zal manzillar, obod shaharu qishloqlarni o'z ko'zingiz bilan ko'rib, tanishish asnosida Vatanimiz, uning betakror jamoli haqida jo'shib yozish qobiliyatingiz o'sadi”, dedi ustozimiz.

Biz ustoz Ahmadali Shernazarov boshchiligidagi “Yosh jurnalistlar mahorat maktabi” a'zolari ayni shunday sayohatlarni har yili 3 may — Xalqaro Matbuot erkinligi kunida o'tkazib turishga kelishib oldik.

Temurmalik HAMIDOV,

Diyora MISRALIYEVA,

O'zbekiston Jurnalistika va

ommaviy kommunikatsiyalar

universiteti talabalari.

Kumush-Odina QARShIBOYEVA,

O'zbekiston Milliy universiteti

jurnalistika fakulteti talabasi

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

6 + 9 =