“Bozorqo'm” va o'rinbosari qo'lga olindi

O'tkazilgan tezkor tadbirda “Xalq banki”ning Uchtepa tuman filiali “Farhod dehqon bozori”ga xizmat ko'rsatuvchi kassiri o'z xizmat xonasida so'ralgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shuningdek, uning yonida kunlik tushumdan inkassatsiya qilingan 8 mln. 300 ming so'm va inkassatsiya qilinmagan 9 mln. 150 ming so'm pul mablag'lari borligi aniqlangan.

Ma'lum bo'lishicha, “Elga xizmat” va “Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari” savdo nuqtalaridan mahalliy tadbirkorni qo'rqitib, 2021 yilning oktyabr oyi oxirlaridan 2022 yilning fevral oyiga qadar undan har kuni 66 ming so'mdan pul mablag'i olib kelingan. Shuningdek, tadbirkordan 3 mln. 400 ming so'm to'lov qilishini talab qilingan.

Tadbir davomida “Farhod dehqon bozori” AJ direktori hamda uning xavfsizlik bo'yicha o'rinbosari ham ushlanib, direktor o'rinbosarining avtomashinasida bo'lgan 24 mln. 967 ming so'm pul mablag'i o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olingan.

Manba: platforma.uz

 

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

three × 5 =