Sport orqali mamlakatni dunyoga tanitish mumkin!

Yurtimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e'tibor tufayli bugun xalqaro arenalarda O'zbekiston bayrog'i yuqori cho'qqilarda hilpirab turibdi. O'z navbatida aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini tashkil etishda ham sportning o'rni beqiyos.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O'zbekistonda sport va jismoniy tarbiyani rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilib, bu borada qator farmon va qarorlar ham qabul qilingan. Bu yo'nalishdagi islohotlar esa amalda o'z natijasini ko'rsatmoqda. Bugungi kunda sportchilarimiz xalqaro miqyosda, butun dunyo sportchilari uchun muhim bo'lgan  XXXIII yozgi olimpiya va XVII paralimpiya o'yinlariga qizg'in tayyorgarlik ko'rishmoqda. Mazkur musobaqalarga sportchilarimizning tayyorlanishi uchun ham shart sharoitlar yaratilib, ular har tomonlama qo'llab-quvvatlanmoqda.

Shaxsan Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan 2021 yil 5 noyabrdagi “2024 yil Fransiyaning Parij shahrida bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi olimpiya va XVII paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida”gi hamda 2022 yil 14 fevraldagi “O'zbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki olimpiya hamda paralimpiya o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish to'g'risida”gi qarorlari natijasida amalga oshirilayotgan ishlar sportchilarimizga yanada kuch g'ayrat bag'ishlab, ularning o'zlariga bo'lgan ishonchini oshirmoqda.

Olimpiya va paralimpiya o'yinlarida ishtirok etuvchi sportchilarimizni qo'llab-quvvatlash maqsadida “Turonbank” ATB tomonidan ham O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasiga tegishli tartibda homiylik mab­lag'lari ajratildi.

Mazkur sa'y-harakatlar o'z samarasini berib, O'zbekiston nomi butun dunyoda e'tirof etilishiga ishonchimiz komil.

Bank axborot xizmati.

Xizmatlar litsenziyalangan.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

nineteen − 5 =