2024 yil davomida odamlar 2,5 oy vaqtini telefonga sarflagan

AQShning “Reviews.org” tahlil kompaniyasi o'tkazgan tadqiqotga ko'ra, inson yiliga 2,5 oyni faqat smartfonga sarflaydi. Barchamiz taxminan har 5 daqiqada telefonimizni qo'lga olamiz, bu esa kuniga 140 martadan oshadi. Statistik ma'lumotlar ko'rsatishicha, 2024 yilda foydalanuvchilar o'tgan yilga nisbatan 42,3 foiz ko'proq vaqtini ekran oldida o'tkazgan.

Tadqiqotning asosiy xulosalari:

80,6 foiz odamlar uyqudan turgach, dastlabki 10 daqiqa davomida telefonlarini tekshirib ko'radi;

65,7 foizi hojatxonada telefondan foydalanadi;

53,7 foiz foydalanuvchilar bir xonada bo'lishsa ham sheriklari bilan shaxsan gaplashish o'rniga ularga xabar yozadi.

38,1 foizi uchrashuv paytida telefoniga qaraydi;

27 foiz odam mashina haydayotganda telefoniga qarab qo'yadi.

Mutaxassislarni tashvishga solayotgan narsa shuki, odamlar telefon va internetdan haddan tashqari foydalanishni muammo deb hisoblamay qo'yishgan. 2024 yilda odamlarning telefondan foydalanish vaqti 42,3 foizga oshganiga qaramay, buni qaramlik deb hisoblovchilar soni o'tgan yilga nisbatan 24 foizga kamaygan.

Asilbek ISLOMOV

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

5 × 4 =