Qo'llab-quvvatlovchi maxsus sihatgoh

Samarqand viloyat bolalar maxsuslashgan sihatgohida, asosan, sil kasalligiga tug'ma moyilligi bor va ushbu kasallik bilan og'riganlar bilan muloqotda bo'lgan, yassi oyoq, chanoq-son bo'g'imlarining tug'ma chiqishi kasalliklari bor bolalar davolanadi.

Sihatgohimiz 350 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, sil kasaliga chalingan bemorlarning yoshiga qarab, 3 ta bo'limimizda davolash ishlari olib boriladi. Shundan, birinchi bo'limimiz Samarqand shahar, Spitamen shohko'chasi, 17-uyda joylashgan. Bu bino bundan qariyb 104 yil avval, ya'ni 1916 yilda qurilgan bo'lib, umumiy maydoni 0,4 gektarni tashkil qiladi. 80 o'ringa mo'ljallangan. Bo'limda sil kasalligiga moyilligi bor, viraj, silning nofaol turlari bilan og'rigan, muloqotda bo'lgan go'daklikdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar sog'lomlashtiriladi.

Davolash ishlari ximiyaterapiya va fizioterapiya vositasida olib boriladi. Albatta, bizda avval sil kasalligi shifoxonasida davolangandan keyin, ABP-DOST dasturi bo'yicha qo'llab-quvvatlovchi fazada bo'lgan bolalar davolanadi.

Ikkinchi bo'limimiz Samarqand shahar, Xujum ko'chasi, 12-uyda joylashgan bo'lib, harakat va sog'lomlashtirishga moslashtirilgan. 80 o'rinli bo'limda harakat-tayanch tizimi kasalliklarini reabilitatsiya qilish yo'nalishida 2-14 yoshgacha bo'lgan bolalar sog'lomlashtiriladi. Bo'limda davolash ishlarini fizioterapiya (massaj, parafinoterapiya, elektrofarez) va LFKda olib boramiz. Laboratoriya xonasi mavjud.

Uchinchi bo'limimiz Samarqand tumanidagi Oxalik qishlog'ida, unda 7-14 yoshgacha bo'lgan bolalar sog'lomlashtiriladi. Bo'lim 190 o'ringa mo'ljallangan. Bu yerda sil kasalligi bilan og'rigan va sil kasalligiga moyil bo'lgan bolalar davolanadi. Davolash ishlari ximiyaterapiya va fizioterapiya usulida olib boriladi. Ikkinchi va uchinchi bo'limlarimiz zamonaviy binolarda joylashgan.

Sog'lomlashtirish bo'limlarida yo'ldosh maktablar mavjud bo'lib, o'qituvchilar hamkorligida fan to'garaklari yo'lga qo'yilgan va muntazam fan oyliklari o'tkazib kelinmoqda.

Jamila Ravshanova,

Samarqand viloyat bolalar

maxsuslashgan sihatgohi bosh vrachi.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

fourteen − fourteen =