Turkiya: Har qadamda Özbekistonni kördim

Örtaliqda nima sir-sinoat bor, bilmadim-u başariyat paydo bölganidan buyon hamma ekvator çiziğiga yaqin mamlakatlarga haddan ziyod qiziqadi. Ana şu örtaliqqa joylaşgan mamlakatlarning biri – Özbekiston, yana biri – Turkiya.

Hozirgaça özbek ziyolisining xorijga çiqqan-çiqmagani, aynan qaysi mamlakatlarga borib kelganining ahamiyati yöqolgan emas. Çunki, köp asrlar dunyodan uzilib yaşaganimiz avvaliga xalqni qoloqlik botqoğiga botirdi, söng esa mamlakatni mustamlakaga aylantirdi.  Istiqloldan bu yoğiga xalq sifatida jon talaşib, ana şu keçikişimizni, qanday qilib bölmasin, bartaraf etiş yöllarini izlab yotibmiz.

Turkiyaga safarim çoğida olim, professor Umoy Turkeş Gunoyni esladim, turkiy xalqlar miloddan avvalgi IV ming yillikdan hozirga qadar ötgan 6 ming yil mobaynida 16 buyuk imperatorlik, yuzlarça katta-kiçik davlat qurgan. Qoraboq universiteti hovlisidagi baland minora tepasida Turkiya Respublikasining davlat bayroği hilpirab turibdi. Uning tagkursisi atrofida, turkiy davlatlar bayroqlari qatori, uç aylana özaro birlaştirilgan holda aks etgan kök bayroqni ham kördim. Bu — Temuriylar bayroği.

Anqaradagi Ğoziy universitetining Texnologiya fakulteti Toşkent nomidagi binoda joylaşgan. Bu endi turk birodarlarimizning Özbekistonimiz poytaxtiga alohida hurmati belgisi…

Turkiyaliklar özlarini, eramizning XI asrida Markaziy Osiyodan kelgan köçmançilarmiz, deb hisoblaşadi. Lekin ayrim olimlar, hatto, bundan 3 ming 800 yil burun ham bu yerlarda turk tilida sözlaşuvçi xalq vakillari yaşagani haqida arxeologik maʼlumotlar borligini qayd etişadi. Miloddan avvalgi 2200 yilga oid bir hujjatda tilga olingan 17 qiroldan biri “turk qiroli Ilşu Noil” ekani tilga olinadi…

Oçiğini aytganda, Amerika yoki Yevropa bozorlari Turkiya uçun ikki jihatdan yopiq, yaʼni özaro munosabatlar u qadar yaxşi emas. Ikkinçidan, u yerlarda raqobat juda baland, göyo bir tösiq, uni yorib kiriş Turkiya uçun ham oson keçmaydi. Şu sababdan ham Markaziy Osiyo, xususan, bu mintaqaning yarim aholisi istiqomat qiladigan Özbekiston — Turkiya uçun eng qulay bozorlardan biri hisob­lanadi.

Şu örinda, hozirça xalqimiz vakillarining bir qismi işlaş uçun çet ellarga çiqişga majbur ekan, bizga eng qula­­­­yi —­ Turkiya ekanini esdan çiqarmaslik kerak. Çunki har qanday özga mamlakatga borilganda til biliş muammosi paydo böladi. Özbeklarimizning turk tilini örganişi boş­qa tillarni örganişga nisbatan osonroq keçadi. Örtadagi maʼnaviy muhit yaqinligi özaro hamkorlik qilişga imkon yaratadi.

Rejep Tayyip Erdoğanning eng köp takrorlaydigan şiori bor: “Tek millat, tek davlat, tek Vatan, tek bayroq!” Özbekçaga: “Bir xalq, bir davlat, bir Vatan, bir bayroq!” – deb tarjima qiliş mumkin. Ifodasi soddagina tuyilgani bilan, mohiyatan bu — juda katta gap! Xalqni, davlatni, Vatanni bir bayroq ostida birlaştirişga qaratilgan buyuk ğoya!

Özbekiston — aholisining nufuzi jihatidan turkiy tilli mamlakatlar orasida Turkiyadan keyin ikkinçi örinda turadigan yirik davlat. Turkiya birinçi galda biz bilan mus­tahkam birlikka erişmoqçi. Bu — amalda Markaziy Osiyoning yarmi bilan hamkorlik taʼminlandi, degani. Çunki mintaqamiz umumiy aholisining teng yarmi Özbekistonda yaşaydi.

Dunyoning bugungi şafqatsiz bozorida biron-bir mamlakat boşqalar bilan özaro birlaşmasdan, yakka-yolğiz holda röşnolik köra olmaydi. Xalq bilib aytgan: “Yakka otning çangi çiqmas, çangi çiqsa ham, donği çiqmas”.

Ögit

1288 yili taxminan 90 yoşlarida vafot etgan Ertuğrul Ğoziy öğli Usmon Ğoziyga şunday bir vasiyat qiladi, u keyinçalik 624 yil hukm surgan Usmoniylar imperatorlarining das­turiy falsafasiga aylanadi. Mana, öşa ögit: “Allohi taoloning  amrlariga xilof bir iş qilmagaysan! Bilmaganingni olimlardan sörab, bilib olgaysan!

Yaxşilab örganmagunça bir işni boşlamagaysan!

Senga itoat etganlarni xuş tutgaysan!

Askaringga inʼomni, ehsonni kamaytirmagaysanki, inson ehsonning qulidir!

Olamni adolat bilan beza va Alloh uçun xatti-harakatni tark etmaslik bilan meni şod et!

Qaydaki bir ilm ahli uçrasa, unga rağbat, iqbol va halimlik körsat!

Askarlaringga va boyli­gingga ğurur keltirib, ilm ahlidan uzoqlaşma!

Bizning işimiz Alloh yölidir va maqsadimiz Allohning dinini yoymoqdir, ğavğo kötarmoq va jahongirlik daʼvosi emas. Senga ham bu yöl yaraşadi.

Doimo har kimga yaxşilik qiliş harakatida böl!

Mamlakat işlarini nuqsonsiz bajar!”

Şaharning qişloqdan farqi nimada?

Maʼlumotlarga köra, Turkiyada aholi soni har yili 1 million kişiga köpayyapti. Aholining 70 foizga yaqini şaharlarda istiqomat qiladi. Hisob-kitob qilinganda, şaharda yaşayotgan bir fuqaroning mamlakat iqtiso­diyotiga keltiradigan foydasi qiş­loqda yaşayotgan bir fuqaroning mamlakat iqtisodiyotiga keltirayotgan foydasidan köra köproq ekan.

Turkiyada har yili 16 iyun Otalar kuni, yaʼni  erkaklar bayrami nişonlanadi. Turkiya bayramlari — taʼbir joiz bölsa, moddiy asosga ham ega. Yaʼni, ana şu Otalar kuni arafasida ayrim savdo dökonlari aksiyalar ötkazib, erkaklarga möljallangan mahsulotlarni 50 foizgaça çegirma bilan sotadi.

Köniyo

Köniyoning aksar köçalari keng va ravon. Piyodalar, velosipedçilar uçun alohida yölaklar bor. Közi ojizlarga alohida şaroit yaratilgan. Yölakning bir tarafiga maxsus rezinalar yopiştirilgan. Ularda çiziq böylab joylaştirilgan börtma nuqtaçalar bor. Közi ojiz kişilar hassasining uçi bilan ana şu çiziqdan çiqmay ketaveradi. Bekat yoki buriliş kelganida börtma çiziq nuqta-nuqtaga aylanadi. Şundan buriliş yoki bekat ekanini bilib olişadi.

Jamiyatda birliklar — turli-tuman bölsa-da, millat bölib birlaşişning örni va ahamiyati batamom özgaça. Tuyğular orasida eng nozigi ham — milliy tuyğu. Köniyo eli (viloyati) baladiyasi (hokimiyati) har yili “Ölka taniş kunlari”ni ötkazar ekan. Bizning tuşunçalar bilan ifodalaganda, bu milliy madaniyatlar kunlariga töğri keladi.

“Özbekça gapirmaycizmi, oka?”

Turkiyada bir tillik muhit — hukmron. Xalqning ong-tasavvurida ikkinçi bir til mutlaqo yöq. Bir narsa yoki tuşunça hayotga kirib kelsa-yu unga nom qöyiş zarurati tuğilsa, olimlar yo mutaxassislar tomonidan bir taklif örtaga taşlanadi, maʼqul kelsa, qolganlar şundayligiça qabul qiladi. Çunki ong-tasavvurda ikkinçi bir variantning özi yöq-da.

Masalan, “çegirma”ni “indirim” deb olişgan. Hamma şundayiça tuşunadi. Lekin bizda: “Falon magazinda falon narsa çegirma bilan sotilyapti”, de­yilsa, öylab qolasan: neça foiz odam tuşunar ekan? Albatta, agar “çegirma” sözi örniga “skidka”ni işlatsangiz bormi, eng çekka qişloqlik ham darrov tuşunadi. Hatto, “bekat” desangiz, transport haydovçisi ham sizga özga sayyoradan tuşgan odamga boqqanday qaraydi. Çunki uningça “ostanovka” deyişingiz kerak.  Bir taksiçiga: “Şu yerdan qayrilib olasiz”, desam, tuşunmadi: “Razvorot qilişim kerakmi?” — deb sörab, aniqlaştirib oldi. Oxiri: “Özbekça qilib tuşuntirmaysizmi, oka”, ham dedi.

Istanbuldagi Sidney mehmonxonasiga joylaşyapmiz. Xodimi özbek yigiti ekan. Özimizning “gasterbayter”­lardan. Ikki özbek miriqib gaplaşişdi:

“Zavtrak bormi?”

“Koneçno. Faqat obed bilan ujinni bir narsa qilarsizlar. Lekin usloviyelarimiz — vo, otliçno. Problema bölsa, menga obraщat qilaverasizlar”.

“Zavtrak”, “koneçno”, “obed”, “ujin”, “usloviye”, “otliçno”, “problema”, “obraщat” degan sözlarni işlatganidan aniq bilinib turibdiki, bular “özbekça” gaplaşişyapti.

Özimizda yonilği quyiş şoxobçasini hamma “zapravka” deydi. U yerda: “Töldirib qu­ying!” – desangiz, sizni xorijiy tilda gapirganga çiqarib: “Nima?” – deyişadi baqirib. Majbur bölib: “Polnыy bak!” — deysiz rusçalab. U ham içkaridagi taqsimlovçiga qarab qiçqiradi: “Polnыy bak!..”

Vatandin yaxşi yor ölmas

Xorijga safarning nimasi afzal bilasizmi? Xorijda hamma narsa bor, Vatan yöq. Ana şuni çuqurroq anglab yetasiz. Siz aynan ona yurtdan yiroqdasiz, undan çetga çiqqansiz. Özga mamlakatni ham, uning xalqini ham faqat-faqat Vataningiz va xalqingizga qiyosan kuzatasiz. Ana şunday niyat bilan nigoh taşlanganda, Turkiyaning har qadamida Özbekis­tonni kördim, desam, işonavering.

Sultonmurod Olim.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan