“Bu yerda pul ham, taniş-bilişçilik ham ötmaydi”

— deydi Xitoyning Yanjou universiteti talabasi Nigora Mamaraimova

Bugun Özbekistonlik yoşlar dunyoning hamma yerida bor. Ular öz iqtidorini namoyon qilib, jahondagi eng nufuzli oliy taʼlim dargohlarida öqişmoqda, maşhur kompaniya va taşkilotlarda mehnat qilişmoqda.

Biz aynan xorijiy yurtlarda işlayotgan, öqiyotgan va uzoq yurtlarda öqib, işlab yurtimiz nomini dunyoga tanitişda öz hissasini qöşayotgan vatandoş­larimiz bilan suhbatlar taşkillaştirişni niyat qildik. Quyida ana şunday hamyurtlarimizdan biri bilan bölgan suhbatni eʼtiboringizga havola qildik.

— Nigora, avvalo özingiz haqda qisqaça gapirib bersangiz.

— 2001 yilda Jizzax şahrida tuğilganman, Jizzax Içki işlar akademik litseyini tugatganman. Çet elda öqiş niyatim yoşligimdan bor edi. Xitoyning taʼlim tizimi va imkoniyatlari, şart-şaroitlari maʼqul bölgani uçun, qiziqqan soham böyiça bu davlatga öqişga keldim. Ota-onam oddiy kişilar. Oilamizdagilar hamişa meni qöllab-quvvatlaşadi. Öqişni tamomlab, kelajakda yurtimizda turizm sohasini yanada rivojlantirmoqçiman, sayyohlarga faqat turistik şaharlarimizni emas, balki butun respublikamizdagi qadamjolar haqida maʼlumot bermoqçiman.

 

— Xitoy taʼlim tizimining qaysi tomonlari sizni öziga tortdi? Özbekistondan qanday farqi va qulayliklari bor?

— Birinçi örinda korrupsiya yöqligini aytişim mumkin. Yurtimizda taʼlimning rivojlanişiga soya solib, tizimni ayovsiz yemirayotgan poraxörlikka qarşi yaxşi işlar olib borilyapti. Baribir yuz yillar davomida çuqur tomir otgan bu illatdan bir neça yilda qutulib bölmaydi.

Xitoyda poraxörlik u yoqda tursin, hatto imtihonlarda bir-biridan köçiriş, kimdir kimgadir yordam beriş kabi holatlarga ham közim tuşmagan. Biz ijobiy maʼnoda nihoyatda erkinmiz. Formada böliş, galstuk taqiş yoki yigitlar uçun soç-soqol qöyiş yoki qöymaslik muammosi… bunday narsalarga umuman eʼtibor berilmaydi va talabaning vaqti qadrlanadi. Hatto konspekt ham muhim ahamiyatga ega emas.

 

— Öqituvçilarning dars ötiş salohiyati, bilim darajasi haqida nima deya olasiz?

— Xitoyda amaliyot ötayotgan, universitetni endi bitirgan har qanday tajribasiz kadrlar ham dars ötib ketavermaydi. Bizning universitet dunyo top reytingi böyiça yuqori örinda turgani uçun eng oddiy ustozimiz ham doktoranturani bitirgan, fan doktori va professorlik darajasiga ega. Asosiysi — dars ötiş texnikasi va tajriba! Bu yerda yoş emas, bilim muhim rol öynaydi va taniş-bilişçilik, pul, kimlarningdir qönğiroği, hatto yaqinlaring­ning yuqori mansabda işlaşining ham mutlaqo ahamiyati yöq.

 

— Xitoy tajribasini körib, şu qozon içida qaynayotgan yoşlarimizdansiz. Çin yurti taʼlimidagi qaysi jihatlarni Özbekistonda ham joriy etilişini istardingiz?

— Töğrisini aytsam, rostdan ham Xitoydagi taʼlim tizimining baʼzi tomonlarini özimizga köçiriş tarafdoriman! Birinçi navbatda, şaklga emas, asosiy eʼtibor mohiyatga qaratilişi, talabalar puli bor-yöqligi yoki ota-onasining obrö-eʼtibori, mansabiga qarab emas, faqatgina bilimi bilan baholanişini istardim.

 

— Ön töqqiz yoşli özbek qizi uçun xorijda öqiş, ota-onasidan olisda hayot keçiriş qiyin keçmayaptimi?

— Universitetda ontrakt narxi judayam qimmat. Xayriyatki, men yuz foiz byudjetda öqiyman va kontraktga tuşmaslik uçun jon-jahdim bilan öqib-izlanaman. Qolaversa, özim tanlagan, yaxşi körgan soham bölgani uçun birov majburlamasa ham öqiyveraman. Darslar töliğiça ingliz tilida olib boriladi. Sönggi 8-9 yil içida bu til bilan muntazam şuğullanib kelaman. Şu bois öqiş zarraça qiyinçilik tuğdirmayapti. Soğinçdan boşqa muammo yöq…

 

— Dunyo böyiça vahima qözğagan pandemiya davrida nega Özbekistonga qaytmadingiz, yaqinlaringiz xavotir olişmadimi?

— Ha, Xitoyda koronavirus bilan oğrigan ilk bemor aniqlanganidayoq, ota-onam uyga qayt, deya koyişdi, nasihat, maslahatlar berişdi. Men esa uydagilarni va yurtdoşlarimizni öylab ortga qaytmadim. Yölda koronavirus yuqtirib, uni yurtimizga olib kirişdan qörqdim. Çet elda öqişni maqsad qildimmi, qanaqadir virus yoki ikir-çikir masalalar meni bu yöldan qaytara olmasligi kerak.

 

— Pandemiya davrida öqişlar qay tartibda keçmoqda?

— Karantin vaqtida zarraça ham qiynalmadik. Oldindan universitetimizda onlayn taʼlim yölga qöyilgan. Xitoy internet tezligi eng yuqori davlatlardan biridir. 5G, 6Gni ham bemalol işlatiş mumkin va “Wi-Fi”laştirilgan hududlar ham köp. Ayni paytda bizga onlayn tarzda 6ta fan öqitilyapti. Haftaning har duşanba kuni bir neça fanlardan kitob, maşğulot hamda bir haftalik topşiriqlar beriladi. Talabalar yakşanbagaça uy işlarini bajarib, We-Çat ijtimoiy tarmoğidagi maxsus oçilgan guruhlarga yuklaydi.

— Ayni kunlarda Xitoyda ahvol qanday, tartib–qoidalar, çet elliklarga bölgan munosabat haqida ham gapirsangiz?

— Mamlakat karantindan töliq çiqib böldi. Şunday bölsa-da, nazorat kuçli va tartib-qoidalarga töliq amal qilinyapti. Muhojirlar, çet ellik işçilar va bizga öxşagan talabalar hayoti suğurta qilingan. Mabodo, men bilan boğliq nimadir kor-hol röy bersa, soğliğimni tiklaş uçun davlatdan maʼlum miqdorda mab­lağ oliş huquqiga egaman. Odatda çet ellik fuqarolar köçaga çiqişiga yöl qöyilmayapti va faqat zarur ehtiyoj yuzasidan — bank, oziq-ovqat, dori-darmon uçun ruxsatnoma bilan yurişingiz mumkin.

Zaruriy holatlar yuzaga kelganida ham universitet hududidan bir kunda faqat 10 nafar talaba köçaga çiqişi uçun ruxsat beriladi. Mana şunday kuçli nazorat va körilgan tadbirlar natijasi ölaroq, binomiz hududidan bironta ham koronavirus yuqqan bemor aniqlanmadi.

 

— Xabaringiz bor, yurtimizda ham sönggi 2-3 yil içida nodav­lat taʼlim muassasalari, öquv markazlarining faoliyati ança kengaydi. Xitoylik yoşlar ham bizdagidek “repetitor”ga boradimi, umuman nodavlat öquv markazlarining fao­liyati bilan tanişmisiz?

— Özbekistondaligimda 14-15 yoşimdanoq ingliz tili fanidan abituriyent tayyorlar edim, öquvçilarim özimdan 4-5 yoş katta bölgan. Xitoyda ham faoliyatimni davom ettiriş uçun iş qidiriş asnosida köpgina öquv markazlaridagi muhit bilan tanişdim. Afsuski, bu yerda talabaning işlaşi mumkin emasligi bois, universitet rahbariyati ruxsat bermadi.

Keçirasizu, bizdagi öquv markazlarining birontasi qöşimça taʼlim bermaydi. Maktab dasturini qayta tezlaştirib öqitiş esa qöşimça taʼlimga kirmaydi. Xitoy öğil-qizlari odatda faqat çet tilini örganiş, şeʼriyat, jurnalistika yoki rassomçilik kabi alohida iqtidor talab etadigan yönalişlarda qobiliyatini rivojlantiriş uçun köpçiligi öquv markazlariga murojaat qiladi. Bu yerda maktab dasturi şunçalik sifatli yölga qöyilganidan, qöşimça darsga hojat yöq. Yana özim guvohi bölgan holatlardan biri, Xitoy yoşlari çet tili bilan hayotda qoqilib, boşi devorga urilganda emas, balki 4-5 yoşidan şuğullanadi. Eng yoşi katta öquvçilar nari borsa 14 yoş böladi.

 

— Demak, Xitoyda repetitorga bormasdan ham, maktabdan olgan bilim bilan talaba böliş mumkin ekan-da?

— Xitoyda öğil-qizlarning miyasiga xuddi robotga maʼlum dastur yuklagan misol öqiş faqat özi uçun foydali ekani singdiriladi. Ular imtihonni öqituvçi bölmasa ham bir-biridan köçirmasdan, yordam söramasdan yozib bera oladi. Unga: “Nega köçirmayapsan, öqituvçing çiqib ketdi-ku?”, desangiz, “Nimaga köçirişim kerak, bu özim uçun, köçirgandan nima naf?”, — deya uzil-kesil javob berişadi.

Bu fikrlarim bilan Özbekistonda taʼlim tizimi umuman sifatsiz demoqçi emasman, bizda ham yaxşi tomonlari köp.

 

— Xitoyda davomat masalasiga qanday qaraladi?

— Jiddiy! Davomat kuçli nazoratga olingan. Barça öquv xonalari kameralaştirilgan va talabalar yuz foiz darsga qatnaşayotgani, öqituvçi darsini ötayotgani muntazam kuzatib boriladi. Bu borada muammo bölmaydi. Qolaversa, xorijga öqiş uçun keldikmi, vaqtimizni behuda ötkazişga yoki dars qoldirişga haqqimiz yöq, deb öylayman.

 

— Bu yerda sizga maʼqul bölmagan jihatlar ham böldimi yoki…

— Yöq, albatta, menga yoqmagan tomonlar ham bor. Xitoyda juda köp millat vakillari yaşaydi va xitoyliklarning hayot tarzi masalasi meni köp öylantiradi. Yaʼni bu yerda ota-ona­ga mehr-muhabbat, farzand tarbiyasi, oilaga sadoqat kabi qad­riyatlar deyarli yöqolib ketgan. Bu muqaddas tuşunçalar ularning köpçiligiga begona.

 

— Şunça qiynalib öqiyotga­­ning­iz­­ga yaraşa yurtimizga qayt­gaç, faqat eng zör daromadli sohalarda işlasangiz kerak?

— Mendan köpçilik Özbekistonni soğindingmi, deya söraydi. Ha, soğindim! Hamma-hammasini soğindim, uyi­mizni, ota-onam, qarindoş-uruğ­larim, örtoqlarimni… Lekin oçiği, kelajakda faqatgina yuksak mansab, mömay daromad va yaxşi maoş uçun işlaşni öylab yurganim yöq. Yuqori malakali kasb egasi bölib, Vatanimga, yurtimga foydam tegişini köproq öylayman…

Abdulaziz Ahmedov suhbatlaşdi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan