Öqituvçilarga nega qoniqarsiz baho qöyildi?
Xalq taʼlimi vazirligi ötkazgan sinov yoki xalq ziyolilarining ziyodan “mahrum etilayotgani”ga sabab nima?
Xalq taʼlimi vazirligi 2019-2020 öquv yilida öqituvçilarning öz fanidan bilim darajasini sinovdan ötkazganligi töğrisida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqaldi. Unga köra, Sirdaryo va Surxondaryodagi umumtaʼlim maktablarida öqituvçilarning neçoğli bilimga ega ekanligi aniqlanibdi. Ming afsuski, 44 ming nafardan ziyod öqituvçining 73 foiziga öz fanidan qoniqarsiz baho qöyilibdi. Ammo amalda ham şundaymikin…
— Test sinovlarida Sariosiyo tumani pedagoglari ham iştirok etdi, — dedi tuman xalq taʼlimi bölimi mudiri Adham Boboyev.— Töğrisini aytsam, köpgina sinov savollari umumtaʼlim maktablari dasturi doirasida tuzilmagan ekan. Balki, xorij taʼlim tizimi böyiça tayyorlangandir. Ammo pedagoglarda özbek tiliga ögrilgan xorijiy qöllanmalarning özi yöq. Biz hayʼat aʼzolariga aytdik, “bizga taqdim qilişgani şu, boşqasini bilmaymiz”, qabilida gap qilişdi.
Ana xolos! Töğri, bugun çet el oliy dargohlarida öqib kelgan mutaxassis kadrlar vazirliklarga işga olinayapti. Balki, ular bizdagi maktab taʼlim tizimini ham xorij tizimiga moslaştirmoqçidir, buni tuşunsa bölar, ammo bizdagi şaroit bunga javob bermaydi-da. Şunday ekan, cirdaryolik va surxondaryolik öqituvçilarda nima ayb? Ammo tan olaylik, ular öqitgan kadrlar bugun yurtimizning turli nufuzli muassasalarida xizmat qilayapti-ku?!
— Men 40 yildan ziyod Sariosiyo tumanidagi 39-maktabda matematikadan dars beraman, — deydi faxriy matematik öqituvçi Xöjaqul Qodirov, — rosti, Toşkentdagi oliy öquv yurtida öqigan sariosiyolik yoşlar tumanga qaytişmayapti. Yoşim 69 da, maktabda mendan boşqa matematikadan dars beradigan öqituvçi yöq. Lekin, aytib qöyay, şu kungaça, hali bunday test savollarini körmagan edim. Közi oçiq odam köraverar ekan-da…
Men bu bilan öqituvçilarni öz sohasining bilimdoni demoqçi emasman, hozirgi öqituvçilar öz faniga tegişli qöşimça kitoblarni, badiiy adabiyotni öqişmaydi. Öz ustida işlab, bilimini oşiriş örniga, telefondagi telegrammdan uzatilgan maʼlumotlarni titkilaşadi. Telegramm temir, gazeta-kitob boşqa-da, odam varaq ağdarib öqisa, sahifama-sahifa tirik olamning içida yurganday böladi.
Masalan, maktabimizdan uçta öqituvçi kelişib, “Maʼrifat”, “Özbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Hurriyat” gazetalariga obuna bölmoqçi böldik. Bizga “majburiy obuna” yöq deb ruxsat berişmadi. Ammo tuman mutasaddilari obunaga deb maoşimizdan qaytarib qolayapti-ku. Kutubxonaçidan suriştirsam, biz aytgan naşrlar örniga, maktabga butunlay aloqasi yöq gazetalar kelar ekan.
Avvallari “Maktabda matematika”, “Maktabda ximiya”, “Maktabda fizika” degan metodik jurnallar bölardi. Obuna bölay desam, hozir bunday jurnallar çiqmayapti deyişdi, — deydi X.Qodirov.
Maktab faoliyatiga oid naşrlar xalq taʼlimi vazirligiga tegişli muassasalarga yetib bormasligi bor gap. Çunki, “majburiy obuna”ni öylab topgan rahbariyat muassasalarni qattiq nazoratga oldi. Natijada öqituvçi “Xalq sözi”, “Özbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Hurriyat”, “Maʼrifat” va partiyalar naşrlariga, ayrim ilmiy metodik jurnallarga obuna böla olmayapti. Töğriroği, ular işdan haydalişdan qörqadi. Öqituvçi — ziyoliy şaxs. U kundalik matbuotdan xabardor bölişi kerak. Zamon şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir paytda, öqituvçi gazeta öqimasa davr bilan hamqadam bölolmaydi. Ustoz-pedagog maʼnaviy ongini, bilim saviyasini oşirib borişi, yurtimizda va xorijda bölayotgan taʼlimga oid yangiliklardan xabardor bölişi uçun ham gazeta varaqlaşi lozim. Biroq, hatto Xalq taʼlimi vazirligining markaziy naşri bölgan “Maʼrifat” gazetasiga köpgina örta umumtaʼlim muassasalari obuna bölişmaganini har qanday bahona bilan oqlab bölmaydi!
Vaholanki, mamlakatimizda 10 000 dan ziyod örta umumtaʼlim maktablari bor, “Maʼrifat” gazetasining adadi esa 7 000 nari-berisida ekanligi har qanday odamni hayratlantirişi tabiiy. Bu degani har bir öqituvçini qöying, aqalli bitta taʼlim dargohiga hatto bir nusxa öz naşri ham bormaydi degani. Oqibatda, öqituvçilar dunyodan bexabar bölib, har yili takrorlanayotgani kabi, yillik rejada belgilangan dars jadvalidan çiqolmay, öquvçiga kunötarga bilim berişayotganiga ajablanmasa ham böladi. Qolaversa, darsliklar yetarliça çop etilib, maktablarga töliq yetkazib beriş muammo bölib turgan bir paytda, metodik qöllanmalar çiqariş haqida gapirmasa ham böladi.
Prezidentimiz: “Jamiyatda eng obröli odam öqituvçi bölişi kerak”, degan edilar. Ularning oylik maoşini keskin oşiriş töğrisida ham sönggi paytlarda amaliy işlarga qöl urildi. Ammo…
Aytaylik, maktab öqituvçisining qoniqarsiz baho olişiga kim aybdor? — degan savol tuğilişi tabiiy. Hozirda mamlakatimizdagi maktablarda yetişmayotgan, qolaversa, öqituvçilarning darsga puxta tayyorgarlik körişida aniq va gumanitar fanlardan qöşimça öquv-qöllanmalari yaratişni taşkil etiş, maʼlum bir xarajat bilan yil davomida aytilgan manzilga yetib boradigan bosma naşrlarni “majburiy obuna” bahonasida maktabdan uzoqlaştirib, öqituvçilarning bilim darajasini, dunyoviy saviyasini kemtiklaştiriş Xalq taʼlimi vazirligining rejasiga kiritilmagandir…
Albatta, örta umumtaʼlim muassasalarida markaziy gazetalarning obunasini taşkil qiliş çorasini vazirlik mutasaddilari yana bir bor öylab körişsa, yomon bölmasdi.
Kelgusida, viloyatlar tizimida tekşiruv ötkazib, deylik, Sirdaryo, Surxondaryodagi öqituvçilarning öz fanidan bilimi darajasi öta past, aytaylik “2” bahoga teng deb, yana olamga jar solib yurmasin-da… Bundan kimga naf?
Yusuf Jörayev,
“Hurriyat” muxbiri.
