“Sizlarni deb xalq oldida sharmanda bo'lyapmiz”

— dedi Oliy Majlis Senati kengashining shu yil 11 dekabr kuni bo'lib o'tgan majlisida senator Qutbiddin Burxonov Energetika vaziri o'rinbosari Behzod Normatovga.

— Sizlar xalqning ichiga kirib ko'ringlar. Mening oldimga Farg'onadan oqsoqol keldi: “Kechasi gaz o'chganiga nabiramning qoshi sovuqdan muzlab qoldi (chiroq yo'qligi sabab bilmay qolishgan. Tahr.), operatsiya qilib olib tashlamoqchi”, deydi.

Hududlarga borgan vaqtimizda xalq bizni “eb qo'yay” deyapti. “Uyimizga kirib ko'ring”, deyapti. Kirib ko'ryapmiz. Yashash sharoitlari og'ir, odam muzlab qolyapti. Na svet bor, na gaz bor. Nima qilish kerak? Xalqqa nima deb javob beraylik? “Bizdan go'ng hidi kelyapti”, deb xat yozmoqda bir onaxon. Siz-chi, nima deb javob berasiz? — dedi Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasi raisi Qutbiddin Burxonov.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yuqoridagi xabarga ko'ra, bunga javoban Behzod Normatov: “Masalan, men o'zim ham qishloqda turaman. O'zimning uyimda ham ikki-uch marta svet o'chadi. Sababini so'rayman, transformator yonib ketgan bo'lsa, nega bunday qildinglar, deb aytolmayman”, dedi. Ana xolos, vazir o'rinbosari “aytolmasa”, unda kim javobini ayta oladi? Bunga siz ishondingizmi? Biz esa yo'q!

Aslida, Energetika vaziri o'rinbosarini “Qo'y og'zidan cho'p olmas ekan”, deb o'ylamang. Issiqjon, o'zini himoya qilib qo'yishi kerak-ku! Issiq va yumshoq o'rinni kim ham osonlikcha bo'shatib bergisi keladi…

Yu. Jo'rayev

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

eighteen + twelve =