“Google” amakining maktabi yoxud “google tarjimon dasturi” bizga tarjimon yetkazib bera oladimi?
Oldinlari rus tilida kitob öqisam, 2 jildlik “Rusça-özbekça luğat”ga suyanar edim. Baʼzan tuşunmaydigan sözlarim köproq uçrab qolsa, luğatga tez-tez qaraşimga töğri kelardi. Bu esa ança-munça vaqtni öğirlar, öqib bitirilişi kerak bölgan kitobning zavqini imillaşga mahkum etardi. Ha, zavqim imillardi.
2001 yilda Moskvaga Adabiyot institutiga öqişga otlanar ekanman, ana öşa zil-zambil 2 jildlik luğat kitob mening asosiy yuklarimdan biriga aylandi. Indamay-netmay safar yuklarim safida hammadan oldin Rossiyaga qarab “kovuşini” töğirladi. Keyin esa öqiş tugagaç, u kitoblarni kötarib ijarama-ijara yurgan kunlarimni aytmaysizmi? Biroq öşa gap: kerakli toşning oğirligi bölmas ekan. Ha, rost. U qança oğir bölmasin, Toşkent-Moskva-Toşkent sari ortqilaş malol kelmagan. Nima bölmasin, tahsil davomida menga qanot bölgan bu qadrdon luğatimni 2005 yilda Özbekistonga biror betiga ham ozor yetkazmay qaytarib olib keldim. Til örganiş jarayonidagi şavqu şijoatimga, qörquv va qiroatimga şu kitob guvoh bölgan axir.
Men ularga qarab turib bikya tilining eng sönggi sözlaşuvçisi 87 yaşar afrikalik momoning olamdan ötganligini va yana dunyoda 20-30 kişidan iborat muloqot qiluvçilarigina bölgan kambal, leko, susuami tillarini köz oldimga keltiraman, tilga olaman. Tilimga, dilimga çöğ örlagandek böladi. Bosma luğatlarning taqdiri bir kuni mana şu bugungi, ha yuksak qadrini birov bilib, bilmasligidek açinarli ahvolga tuşişi qayğuli bir kun monand yurakka örmalaydi. Hozir bu luğat kitob javonimning bir çetida savlatini tökib emas, yaşirinib turganga öxşaydi. Çunki ança böldi, oçqilamayman, qaynoq hayajon bilan söz axtarmayman. Agar imorat içida uzoq yillar odam yaşamasa, uy iç-içidan nuraşni boşlaydi, deb eşitganman. Ana şunda luğatlarimning içida yaşalmagan kunlarimni öylab dil xira tortadi. Uning qatlarida betimsol bir gözallik yaşiringanini tuyaman. Gözallik esa heç vaqt kerak bölmay, asqotmay qolişi mumkin emas!
Ha, bugun onlayn(elektron) luğatlarning hukmdorona qiyofada paydo bölgani luğat kitoblarimizning betlariga kirib yayraydigan şabadaning yölini tösgani rost. Qolaversa, xato-yu nuqsonlarini tan olgan holda “google tarjimon dasturi” ham xizmatimizga hamişa yutoqib turadi. Darvoqe, biz bugun aynan “google tarjimon dasturi” haqida, uning muvaffaqiyatli va aksinça jihatlari töğrisida mulohaza yuritmoqçi edik.
Bundan bir neça oy muqaddam sohaga oid bir kitobni ingliz tiliga şoşilinç tarjima qilişga töğri kelib qoldi. Ingliz tilidan özbek tiliga tarjima qiluvçilar bisyor, biroq özbek tilidan ingliz tiliga tarjimon topiş ança qiyin iş. Nihoyat, yoş tarjimonlarning yölini çangitib, hammaning oğzini inglizça onlayn naşrlarning nomini misol keltiriş bilan yopib yurgan yoş tarjimonga kitob tarjimasini topşirdik. Tarjima qilingan boblarni sahifalaşga berib boriş tayinlandi. Kitobdan tarjimalar tayyor deb keltirilganda hammasi “google tarjimon dasturi” orqali avtomatik tarjima qilingan matnlar ekanligi ayon böldi. Tarjima tilidagi quruqlik, ifodasizlik, maʼnisizlik avtomatik tarjimaning murdaniki yangliğ başarasini foş etib turardi. Mana “google tarjimon dasturi” yoşlarni qanday yengil-yelpi yölga boşlayapti. Axir bu borişda yaqin orada etagimiz soxta, temir tarjimon(lar)ga tölib ketadi-ku!
Bugun uşbu maqola bahona “google tarjimon dasturi”ning afzal va noafzal jihatlari haqida fikr yuritişga unnadim. “Google tarjimon dasturi” googlening veb-xizmat kompaniyasi bölib, matnlarni boşqa tillarga avtomatik tarzda tarjima qiladi. U boşqa avtomatik tarjima vositalari singari, çeklovlarga ega va maʼlum bir qoliplardagina iş köradi. Uşbu vosita öquvçiga çet tilidagi matn tarkibining umumiy maʼnosini tuşunişda yordam berişi mumkin, biroq u aniq tarjimalarni bizga taqdim eta olmaydi.
Uşbu tarjima dasturida 108 ta til bor. Kompyuter yordamida avtomat tarjima qiliş böyiça tajribalar ötgan asrning 50-yillaridan boşlab amalga oşirilib kelinmoqda. Ammo taassuflar bölsinki, tirik inson tili nihoyatda murakkab tizim bölib çiqdi. Kompyuter texnologiyalari sohasida deyarli 70 yillik rivojlanişidan söng ham texnik miya özining ojizligini körsatmoqda.
Maşina tarjimasi köpinça bemaʼni maʼnolar ortidan miyiğida tabassumga oşno etgan esa-da, onlayn tarjimonlar juda maşhur, çunki ular qisman til tösiğini yengişga va mahsulot yoki xizmat haqida umumiy tasavvurga ega bölişga yordam beradi va bu odatda oddiy internet foydalanuvçisi uçun yetarli hisoblanadi. Ammo bu degani tarjimonlik kasbi unutilib ketadi deb aytişga asos böla olmaydi. Çunonçi, heç vaqt “google tarjimon dasturi” bizga Usmon Nosir bölib Lermontovni, Ibrohim Ğafurovday Dostoyevskiy yoxud Markesni, Olim Otaxon bölib Kavabatani tarjima qilib bera olmaydi. Yozuvçining mahorati-yu asar jozibasini heç biri tarjimonçilik bizga yetkazib bera olmaydi.
Bugungi tezkor zamon, hamma turfa xil yumuşga şönğigan bir pallada yarim milliard odam “google tarjimon dasturi”dan foydalanadi. Bu butun Yevropa aholisiga taqqoslanadi, Yevropada taxminan 508 million aholi istiqomat qiladi. Xizmat birinçi marta işga tuşirilgan 2006 yilda bu dasturning bir neça yuz nafar foydalanuvçisi bor edi, xolos.
“Google tarjimon dasturi” kuniga 100 milliarddan ortiq sözni turli tillarga tarjima qiladi. Uşbu dastur ilk bor 2006 yilda işga tuşirilgan bölsa, dastavval, ikkita tilda singişib tarjima qila oldi, bular arab va ingliz tillaridir. Uşbu dasturdan foydalanuvçilarning 92 foizi AQŞdan taşqarida yaşovçi millatlarga xosdir. U yozma tarjimada xatoliklarga yöl qöyadi. Biroq sözlarning talaffuzini töğri yetkaza oladi. Bunga har doim işoniş mumkin.
Dastur jiddiy semantik va terminologik xatolarga yöl qöyadi, hatto umuman tuşunarsiz sözlarni tarjima sifatida bizga tuhfa etişi mumkin. Şuning uçun uşbu tarjima dasturidan yuridik, texnik, tibbiy va boşqa muhim hujjatlar uçun tarjimon sifatida foydalanib bölmaydi. Biroq uning xizmat sifatlarini yaxşilaş uçun tinimsiz izlanilmoqda. Maʼlumotlarga köra 3,5 million odam uşbu dasturda 90 milliondan ortiq tuzatiş kiritgan.
Agar bunga geografik nuqtai nazardan qaraydigan bölinsa, qilinayotgan tarjimalarning asosiy hissasi Braziliyaga töğri keladi. “Google tarjimon dasturi” orqali tarjima qilinganda, bir-biriga yaqin bölgan tillardan qilinadigan tarjimada özak tildan qilinişi yaxşi va nisbatan sifatli tarjimani taqdim eta oladi. Baribir köp hollarda maʼno xavf ostida turadi.
Baʼzida oğzaki tarjimon dasturining afzallik va qulaylik jihatlari közga taşlangandek böladi. Biroq bu nihoyatda nozik va maşaqqatli jarayondir. Bu jarayonda özga tildagi xorijiy sözlarni qöllaş, aksent va dialektlar tarjimasi va hajviy suhbatlarni tarjima qilişda kompyuter miyasida çalkaşliklar röy berişi mumkin. Dastur xohlagan formatdagi matnlarni tarjima qilib bera oladi.
Yuqorida maʼlumotlardan köriş mumkinki, yumşoqroq aytganda “google tarjimon dasturi” orqali taqdim etilayotgan tarjimalarni köça tili yoki bozor tiliga qiyos qiliş mumkin. Jargonlarning qay birinidir tuşunarli, yana boşqa birisi esa yöq. Madaniy-maʼrifiy davralarda esa ularni işlatişga tortinadi odam, hayo qiladi. Çunki uning içidagi içki uzilişlarni, mazmunning zil ketganligini his qilib turamiz, garçi öşa tilni ona, ögay ona tilimiz darajasida bilmasak ham.
Har gal “google tarjimon dasturi”ga közim tuşganda zahmatkaş tarjimonlarimiz uning qaʼridagi sovuq, quruq, hissiyotsiz tarjimalarni körib boşini sarak-sarak qilayotgandek tuyuladi. Zero, ularning qalbiga tuşib, yuragiga yetib, beölçov haroratda yetilib çiqqan sözlar tarjima jarayonida yal-yal tovlanib nur taratayotgan sözlar qayoqda-yu, “google tarjimon dasturi” — temir tarjimalari qayerda?!
Men bir foydalanuvçi sifatida uşbu dasturning tarjimalariga butunlay qarşi emasman. Xorijda, til bilmay qiynalib qolganda va yana allaqanday vaziyatlarda unga murojaat qiliş foydadan xoli emas. Biroq badiiy tarjima va boşqa jiddiy ögirmalar jarayonida bunga mutlaqo işonib bölmaydi. Asl tarjima işi zahmatli, maşaqqatli, şuning barobarida zavqli iş. Yurak va aql uyğunlaşadigan bu mehnat jarayonini heç bir texnika, heç bir “temir miya” bajara olmasligi aniq. Çunki google “amaki”ning tarjima maktabi bizga mahoratli tarjimonlarni yetkazib bermasligini, bera olmasligini har birimiz yurak-yurakdan his qilamiz. Bu imkonsizdir!
Gözal BEGIM
