Şabnamlar könglimni çaysalar…

Gulçehra ŞAHOBIDDIN qizi

Muallif haqida:

Gulçehra ŞAHOBIDDIN qizi — Jizzax şahrida tuğilgan. Özbekis­ton Yozuvçilar uyuşmasi va Özbekis­ton Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.

Şoirning “Soğinç”, “Yangi oy çiqqan keça”, “Dilda darding bölmasa”, “Qaldirğoçim”, “Jon içra jondir Vatan”, “Sadarayhon ifori”, “Onajon, keçir”, “Baxt xumori”, “Sizni soğindim”, “Söz zarbi”, “Qaqnus qöşiği” kabi şeʼriy töplamlari eʼlon qilingan.

 

ERTAGINGNI AYT

 

Közlarimga uyqu begona,

Umid dilga hamroh, dugona,

Yorni kutib böldim devona,

Şahrizodam, ertagingni ayt.

 

Xali qirq kun, tongu tunlar bor,

Yuragimda mahzun unlar bor,

Közlarimda ketmas munglar bor,

Şahrizodam, ertagingni ayt.

 

Mayli, kunni tunlarga ulab,

Otar tongdan toleim tilab,

Hijron toği tuşmasdan qulab,

Şahrizodam, ertagingni ayt.

 

Şahrizodam, çöpçaging yolğon,

Yolğonlardan yuragim tolgan,

Öşal bedil, beişq, bedardning

Toş könglini toş sanam olgan.

 

Aytsang uning  qaytişidan ayt,

Menga dilroz aytişidan ayt,

Visol sözin dilga etdim qayd,

Şahrizodam, sen rostidan ayt.

 

Kun botmoqda, yordan xabar yöq,

Iztirobdan yuragimda çöğ,

Xiyonatdan tegmasin deb öq,

Şahrizodam, ertagingni ayt.

 

Subhidamdan umid rostlar qad,

Hajr sözin aylabon qahat,

Baxt faslidan kelibdi töyxat,

Şahrizodam, ertagingni ayt.

 

Dil işqidan yaralmoqda bayt,

Kunmi, tunmi, u qandayin payt,

Endi faqat baxtdan ertak ayt,

Şahrizodam, ertagingni ayt.

 

Ayt, bölmasa tugaydi bu bayt!

 

* * *

Kitob öqimaganning

Yuzlari nursiz bölar,

Kunlarining fayzi yöq,

Qalbi huzursiz bölar.

Sözlari ham maʼnisiz

Gaplari “tuz”siz bölar

Kitob öqimaganning.

 

Öqirman bor, bori – oz,

Bu dardki, kuydirar boz.

Qölni qölga bersak soz,

Jam bölib hamma hamroz,

Telefonlardan keçib voz,

Kitobga bölsak peşvoz,

Qandayin soz, qanday soz,

Har bir kitob — bir ustoz!

 

AJR

 

Könglim, sen aylama bunçalar oh-zor,

Bandaning bergani bandaga ozor.

Ne sörsang birgina Özidan söra,

Avvalu oxiring bölmas aslo xor.

 

Boşing sajdaga qöy, sörayver bot-bot,

Birgina beminnat berguvçi ul zot.

Duoga qöl oçib etgil munojot,

Haqdan özga heç kim berolmas najot!

 

Har kimga yaraşa beradi ajr,

Kimga işq berguvsi, kimgadir xajr.

Ne sörsang birgina Özidan söra,

Bersa mukofotdir, bermasa xayr.

 

…Avvalu oxiring bölsin baxayr!

 

BIR MUHABBAT IZLADIM

 

Halovat topmadim

bir lahza yorsiz,

Vaslingga yetmadim

tunlar bedorsiz.

Işqda baxt bormikan

Azob-ozorsiz —

Bir muhabbat izladim takrorsiz.

 

Muhabbat bormikan

malomat, xorsiz?

Yo visol bormikin

hijronsiz, zorsiz?

Istadim bir göşa

bölsa ağyorsiz,

Bir muhabbat izladim takrorsiz.

 

Çöqqida viqor yöq,

bölsa gar qorsiz,

Siz mening dilimga

qaytmas bahorsiz.

Bu gözal böstonda

nahot men yorsiz,

Bir muhabbat izladim takrorsiz.

 

GULLAŞGA ULGURDIM

 

Bahor bölgim keldi,

gul bölgim keldi,

Loladek qirlarga

yugurdim.

Şabnamga çayilgan

dil bölgim keldi,

Gulladim, gullaşga

ulgurdim.

Yaşillangim keldi,

kökargim keldi,

Qöşiqlar kuylasam

zangori.

Qaddimni sarvdayin

kötargim keldi,

Yöllarim bölsalar

anvori.

Şabnamlar könglimni

çaysalar,

Yomğirlar yuvsalar

yuzimni.

Barq urib yaşnasa

maysalar,

Çeçaklar qoplasa

izimni.

Oçilsam, gul bölib

oçilsam,

Iforim soçilsa

har tomon.

Toğlarga, boğlarga

şoşilsam,

Nihollar barg yozsa

soğ-omon.

axir men bahorman,

gulman,

çeçakman,

ketsam-da, har fasl

bir kelajakman,

kokillari yaşil,

qöşiği zangor,

kurtakdek qiqirlab,

şod kulajakman.

 

…men fasli bahorman,

çamanman, gulman.

 

MEN ÖŞA

 

Toşni yorib ungan gul,

Daryo bölib tingan dil,

Çöği öçib söngan kul —

Men öşa.

 

Xiyonatlarga yovman,

Yondirguvçi olovman,

Şunday yuragi dovman —

Men öşa.

 

Ul isyonkor, ul yomon,

Rangi zaʼfaron, somon,

Şunça ğamdan ham omon —

Men öşa.

 

Yaşasa-da izi yöq,

Otaş-olov sözi yöq,

Dardi bor-u, bözi yöq —

Men öşa.

 

Oyman — qöling yetmagan,

Işqi dildan ketmagan,

Alamlari bitmagan —

Men öşa.

 

Muhabbatdan dil yakson,

Ön gulim bari xazon,

Qalbida işqdan tözon —

Men öşa…

 

GUL

 

Seni oçilmoqqa qöymadilar, gul,

Senga zulm qilib töymadilar, gul,

Alafni gul deya boşga qöydilar,

Seni Gul örnida suymadilar, gul.

 

Ularni mast qilmas sendagi ifor,

Ular öta badnafs, öta zulmkor.

 

Faqat sen boş egma, barg yoz umidvor,

Ular gulligingni bilmadilar, gul.

 

Ular şunday kasdir, köz yoşlar bekor,

Özidan özgani aylarlar inkor.

Ularda yurak yöq, bir parça göşt bor,

Seni oçilmoqqa qöymadilar, gul.

 

Xohlasa boşingda qorlar yoğdirar,

Barglaringni yular, esdan oğdirar.

Alar yomonlik-la köngli çoğ turar,

Seni bir gulçalik suymadilar, gul.

 

Ular yomonligin qöymadilar, GUL,

Senga azob berib töymadilar, gul.

Beçora gulim-a, çorasiz gulim,

Sening darding çekib yiğlaydi könglim.

 

Seni bahoringga bermadilar, gul!..

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan