Kitob — beminnat ustoz
Inson umrining eng gözal damlari, şubhasiz, uning yoşlik pallasidir. Yoşlik kitob öqiş, bilim oliş uçun berilgan katta imkoniyat. Şu bois ham donişmandlar “Yoşlikda olingan bilim — toşga öyilgan naqşdir”, deb bejiz aytişmagan. Bugungi kunda xalqimiz, ayniqsa, yoşlarni ommaviy kitobxonlikka jalb etiş, ularning maʼnaviyatini yuksaltiriş, mutolaa madaniyatini şakllantirişga xizmat qiladigan kutubxonalar köpligi, kitobxon-yoşlar safining kengayib borayotgani quvonarli hol.
Milliy qadriyatlar ruhida yoş avlodni tarbiyalaşda esa kitobdan köra qudratliroq kuç yöq. Şu örinda Yurtboşimiz Şavkat Mirziyoyev: “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş buyuk maqsadlarimizga erişişning muhim kafolatidir. Kitob — beminnat ustoz. Bilim va maʼnaviy yuksalişga erişişning eng asosiy manbai”, deb taʼkidlaganida ham çuqur maʼno bor. Zotan, kelajak avlodning kamoloti uning ilm olişi, bilimli, komil inson bölişi bilan belgilanadi. Bugungi kun zamonamiz yoşlari qimmatli vaqtlarini köproq foydali kitob mutolaasi uçun ajratişi, köplab kitobxonlik tanlovlaridagi muvaffaqiyatlari, ilm çöqqilarini zabt etişi ham kitob va kitobxonlikka qaratilgan islohotlarning amaldagi isboti, desak, mubolağa bölmaydi.
Tarixga nazar taşlasak, kitobni uluğlaş, yoşlar örtasida ilm-maʼrifatni tarğib etiş, kutubxonalar taşkil etişda jadidçilik harakati vakillari ham ibrat körsatişgani maʼlum. Bu borada maʼrifatparvar bobomiz Ishoqxon Ibrat öz uyida “Kutubxonai Ishoqiya” deb nomlangan nurxona taşkil etgan. Uşbu joy nafaqat öquvçilar, balki qişloq ahliga ham xizmat qilgan. Buyuk ajdodlarimiz Mirzo Uluğbek, Mirzo Bobur, Husayn Boyqaro, Boysunqur Mirzo kabi allomai zamonlar ulkan kutubxonalar taşkil qilganliklari tarixiy manbalarda ham körsatilgan.
Bugun esa axborot-kutubxona markazlari tomonidan kitobxonlikni “Ekspress kutubxona” orqali tarğibot qiliş usuli çekka hududlardagi aholi qatlamini kitob mutolaasiga yanada yaqinlaştiriş imkonini bermoqda. Kitobxonlarning kutubxonamizga uyuştirgan sayohatlari ularning kitobga bölgan qiziqişlarini oşiribgina qolmay, balki, kutubxonada taşkil etilgan möʼjazgina ölkaşunoslik muzeyi yoşlarni tumanimiz qişloqlari tarixini va bugunini örganişga yordam bermoqda.
Azaldan xalqimiz kitobni aziz sanagan, kitobxonlik keçalari, muşoiralar uyuştirilib, oilalarda badiiy asarlar mutolaa qilingan, asarlar haqida mulohazalar bildirilgan. Şuni faxr bilan aytişimiz mumkinki, hozirgi paytda köpgina oilalarda oilaviy kutubxona mavjud. Qay bir xonadonga kirmang, möʼjazgina kitob javonlaridagi kitoblarga közingiz tuşadi. Şubhasiz, kitobxonlik muhitidagi oilalarda oila kattalarining yoşlarni kitob öqişga çorlovçi tarbiyaviy ögitlari, pand-nasihatlari, sözlari oilada ulğayib kelayotgan yoşlar ongiga singib, ularning kitobga bölgan mehrini orttiradi, oiladagi mutolaa maydoni kengayib boraveradi. Şu örinda hazrat Alişer Navoiy bolalikdanoq Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asarini nainki öqigani, balki qalbiga muhrlab olganini esga olmoğimiz joiz. Oilaviy kitobxonlik madaniyatini yuksaltirişga qaratilgan “Kitobxonlik oiladan boşlanadi, kitobxon ona — kitobxon bola” ğoyasini hududlarda keng tarğib qiliş maqsadida kutubxonamizda muntazam bölib ötadigan “Kitobxon onalar kuni” tadbirlari barça onalarni mutolaaga çorlamoqda. Mutolaa kunida kitobxon onalar özbek, mumtoz va jahon adabiyotining eng sara asarlarini öqib, asar haqida fikrlarini bayon etadilar, qiziqarli bahs-munozaralar yuritadilar, asarlardan iqtiboslar beriladi. Çindan ham, yoşlarga uluğ ajdodlarimiz oilaviy muhit tufayli buyuk mutafakkirlar bölib yetişganini singdiriş, allomalarning hayotiga doir kitoblar mutolaasini yölga qöyiş yaxşi samara beradi.
Jamila PÖLATOVA,
Uyçi tumanidagi axborot-kutubxona markazining axborot-bibliografiya xizmati rahbari.
