Dil tubida ovozsiz faryod
Muallif haqida:
Muhayyo Rustam qizi – 1973 yilda Paxtaçi tumanida tuğilgan. Navoiy davlat pedagogika institutini tugatgan.
Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi, viloyat “Döstlik bayroği” gazetasi, “Yoş kuç”, “Ğunça” jurnallari, Respublika yoş ijodkorlar kengaşida işlagan. Hozirda ÖzLiDeP Navoiy viloyati kengaşi axborot xizmati rahbari.
Şeʼrlari Respublika va xorij matbuotida eʼlon qilingan.
QORMALAK
Tözğib-tözğib böralaydi qor,
Oq köylagin kiyadi şahar.
Ayol erin işga kuzatib
Derazadan termular sahar.
Baland uylar,yettinçi qavat,
Qorday oppoq, harir keçalar…
U ayolning soçlari kabi
Oqaradi sokin köçalar.
Jilmayarkan ayol oynadan,
Er ham qara-ab qöyar tepaga.
Tört faslda adaşmadi işq,
Tört faslda mehr enaga.
Taşqarida yoğayotgan qor –
Ikki dilning mayin izhori.
Musaffo tong oydin köngilning
Otayotgan kumuş nahori.
Qor tinmaydi… Ayozdan pana
Oppoq-oppoq böralar xayol.
Bir otaşin öylarga çömib
Derazada eriydi ayol.
* * *
Barmoqlarim soçilib ketdi
rutubatli fasl qaʼriga.
Men bahor deb öylabman qişni.
Niho-oyatda uzoq yanglişdim,
yorib kirib muz qatlamini
mahobatli ulkan kemaday.
Ortga yöl yöq, osmon ham bekik.
Axir soçim gulladi qiyğos
Qoyalarga sançildi umrim.
Faqat quşlar…
Quşlar bor kökda,
orziqtirar mudom xayollar.
Dil tubida ovozsiz faryod.
Yuragimdan ufurar afsus,
muhabbating – abadiy muzlik.
Nega meni tanlading,nega?..
* * *
Unutib qöyibman ismimni,
Kim deb atalişim bilmayman.
Sönggi yillar kitobin titib
topolmadim heç qursa özimga taniş ismni.
Qança yillar ötdi.
Heç kim çaqirmadi,
heç kim çorlamadi
birov söramagan ismimni
bir umrga unutib qöydim.
Olis qişloqdagi
paxsa devor yonida
taxta ötirğiçda ötirgan
bir çol va bir kampir yuragida qolib ketdi U…
* * *
Men senga yetmadim
Özimdan ketib,
Yuragimga tuşdi bir hovuç yoğdu.
Ikki şahlo közing yondi közimda.
Senga yetmadim.
Közlarimda yonding, men közingda yöq.
Senda yöq ekanman, özimda ham yöq.
U keç eng bedavo telbamu edim,
Sen meniki dedim, meniki dedim,
Senga yetmadim.
Ey, yor,
Ey, mening dilozor yorim,
Ey mening avvalim, mening oxirim.
Ruhimni samoga berdim,
Bağrim tuproqda
Öz boşimga yetdim,
Senga yetmadim.
OY SOHILI
- Maʼyus yolğizlikka
Kuy çalar keça,
Sukut tölqinida
nur oqizar oy,
Kök qaʼriga tortdi diqqatim.
- O-o,
naqadar tubsiz zulmat bu…
Közlarimni qaritdi jimlik,
Yuragimni yaladi vahşat.
- Men Osmonga
bir tomib kördim.
Osmon çuqur… Judayam çuqur.
- Sensiz qanday yaşayin endi?..
Sensiz qanday yaşayin endi?..
Biram sokin Oyning şuʼlasi…
* * *
Bu keç mening tuşimga kirdi,
Osmondan uzilgan yulduzlar.
Munavvar tunlarni izladim.
Hansiraydi tegramda xotir,
Çayqalgança xayol sathida
Uu-uvv, maston dilimni istadim.
Bolğalaydi ruhimni dunyo,
Manglayimga ğam qoqar hayot.
Toğ yasadim qiyilgan jondan.
Qonab ketdi qoraçiğlarim,
Tun qaʼrida majhul taxayyul.
Men oği-ir havoga yöliqdim.
TUNGI XIRGOYI
Köksi yirtiq yulduzlar
yoqalarin yamaydi.
Bir qiz soçini şamol
Tili bilan yalaydi.
(Şomda ufq roşiga örnatinglar çimildiq…)
Itlar hurar betinim,
Manzilga çorlov şudek.
Hayajonda entikib
yigit kiyadi etik.
(Orolanar kökda Oy.)
Yuragi idrar qizning,
Soyga dumalatar toş.
Közidagi tölqindan
yuzlariga tomar yoş.
(Şunça olismi Osmon?.)
Işqqa mubtalo yigit
barmoğini töğraydi.
Qoni oqqan barmoqlar
qiz soçini söraydi.
(Oyoq iz botmas Yerga…)
* * *
Közim ğamga töldi, könglim qayğuga,
Horğin xotiramda söngsiz puşaymon.
Umr ötib borar, töymay tuyğuga
Va bilʼaks baxt istar yuragim hamon.
Hamon parvoz etar ruhim quşlari,
Hamon tilagimning çegarasi yöq.
Hamon ilhom qilar orzum tuşlari,
Hamon hayotimda binafşa kök-tuğ.
Yaşil dunyolarni çertaman takror,
Tangrim, toleimning dariçasin oç.
Sezyapman, sevgiday kelmoqda bahor,
Har bitta barmoği – gullagan oğoç.
* * *
Xitoy çinnisiday
sofdir yuragim.
Uzluksiz jaranglar
bir marta çertsang…
Bodom gullarini
urganday sovuq
sançilganda gardanimga
qismat tiğlari.
Zamharir yalagan idişlarimda
sovumadi sening nasibang.
Qaynoq munosabatimdan
aslo titrama.
Faqat ehtiyot böl
tuşib ketmasin
kafting çiziğidan
mening siyratim.
Men – gullari oğirlik qilgan
sopol guldon kabi
indamay
bölinib qöya olmasman.
Xitoy çinnisiday
toza yuragim…
* * *
Keç kuz… Barglar tökildi essiz,
Borliq uzra taxayyul hokim.
Yaproqlarni kuzatib unsiz
yomğir bölib yiğlayapman jim.
Ana mezon uçar tentirab,
xayolimday kezadi nasim.
Hu-uv samoda parquday oppoq
bulutlarga kelar havasim.
Sariq dengiz – xazon çayqalar,
miskin navo – tebranadi boğ.
Orzularga qiliçlar qadab
xöşlaşadi sokin tiyramoh.
Dilgir havo-men kabi mulzam,
quyoş işqi bağrini tilgan .
Balki baxtli bölardim men ham
uçi-ib ketsam turnalar bilan.
Keç kuz… Barglar tökildi essiz…
* * *
Munis tuyğularni ğijimlar ozor,
Qop-qora zulflarda qönim topdi qor,
Bu masrur dunyoda majruh muhabbat
Unutildi bahor, unutildi yor.
Közimni berkitdim köz yoşim bilan,
Xiyonating yopdim bardoşim bilan,
Söngsiz umr kördim yoş boşim bilan
Unut böldi bahor, unut böldi yor.
Ey,sas ber,ovoz ber, ruhimning rozi,
Çorboğimda mehmon gulning pardozi,
Dil çalsa boz işqning takrorin, sozin
Uni tildi bahor, uni tildi yor.
Agar qayta olsang omondir boğim,
Yuragim – alamdan qotgan qadoğim.
Qörqma, qölimdagi toşmas, saboğim
Unutilgan bahor, unutilgan yor.
Hali oq olmaday gullagim kelar,
Umrimni iforga belagim kelar,
Özimdan ham avval tilagim kelar
Unutmasa bahor, unutmasa yor.
Sening zaqqumingni içdim abgorman,
Tanazzul bu hayot, menda duşvorman,
Toki maston husning, lutfingda borman
Meni unutma yor, unutma bahor.
MUSOFIR ÖLAN
1
Samarqandda
sakkiz yildan buyon,
issiq körpasiga öranib
soç-soqoli qorday oqargan
oppoq otam bor mening.
Samarqandda
oq bulutday oppoq otamning
momiq körpalarin qavigan
duolari quyoşday qaynoq,
iltijosi nur kabi zarrin,
mehri alangaga öxşagan
kundayin nurafşon enam bor mening.
Samarqandda
öşa oppoq otam bilan issiq enamning
taqdirini kuya yeb qöygan,
qismatiga bit oralagan
xolis xayol öğli –
jabrdiyda padarim bor mening.
Samarqandda
hilpiragan bayroqçalar – jon jigarlarim,
najib alifbolar – yulduzçalarim,
ofatijon singlim, şöx ukalarim —jajji mamlakatim bor mening.
Samarqandda…
2
Jaranglaydi xotira,
Potirlaydi xayolim,
Kökda zangori hilol.
Közim uçdi – juft turna,
Kiprigim qoqdi şamol.
Çayqalar keksa dengiz.
Muhayyo Rustam qizi
