Xalqimiz jurnalistlarga ishonadi

Abdujalol TAYPATOV,

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (internet-jurnalistika)

2-o'rin sohibi, O'zA bosh muharriri:

Jurnalistlik faoliyatimga rasman qirq yildan oshayapti.1981 yilda Qarshi cho'lida yangi tashkil etilgan “Baho­riston” tuman gazetasida ish bosh­laganman. Men yashaydigan Chiroqchi tumanining Ko'kdala qish­log'idan 150 kilometr chamasi yo'l bosib, har hafta ishga borib kelardim. Keyin Qashqadaryo viloyat gazetasida mahoratimni oshirdim. So'ng “Ishonch” gazetasi, O'zAga o'tdim.

Hayotimning qariyb yigirma yili O'zA bilan bog'liq. Tuz-nasiba ekan, yoshim ellikdan oshganda Toshkentga keldim.

Xalqimiz jurnalistlarga ishonadi. Shunday ekan, bu ishonchga munosib bo'lish, elning ko'zi, so'zi bo'lish sharafdir.

O'zAda ish odatda yarim tunda tugaydi. Navbatchilar guruhi – ijodiy va texnik xodimlardan iborat yigirma chog'li xodim ishdan so'ng uyga qaytish uchun binodan chiqqanda ularning yuzlariga razm solaman. Biroz charchoq boru, ammo ruh tetik. Hazil-huzul bilan xayrlashamiz. Shunda sezaman: o'z ishini yaxshi ko'radigan, unga hayotini bag'ishlagan bunday jamoa bilan qancha ishlasang ham, charchoqni his qilmaysan!

O'z ishini chin dildan sevadigan, unga bor mehru muhabbatini bag'ishlagan, mehnatdan qochmaydigan insonlar esa ma'lum bir natijalarga erishadi. Mukofot barcha munosiblarga muborak bo'lsin!

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

eighteen − one =