Kimni tanqid qilsang, şu mukofot bersa…
Abror ZOHIDOV,
Eng yaxşi jurnalistik material uçun (internet-jurnalistika)
1-örin sohibi, “Kun.uz” muxbiri:
3 may – Jahon matbuoti erkinligi kunida jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” XV milliy mukofotining internet jurnalistikasi yönalişida faxrli 1-öringa munosib körildim. Özim töğrimda bahoni boşqalar berar, men jamoadoşlarim bölgan ikki ukalarimning ham bu anjumanda sovrindor bölganiga eʼtibor qaratmoqçiman.
“Kun.uz”ning men kabi vakili bölgan Jamşid Niyozov tanlovning “Taşqi işlar vazirligi faoliyatini eng yaxşi yoritgani uçun” nominatsiyasi böyiça ğolib böldi. Qiziği, Jamşid Niyozov pandemiya davrida xorijdagi yurtdoşlarimizni qaytariş böyiça Taşqi işlar vazirligini muntazam tanqid qilib kelgandi.
Ikkinçi hamkasbim Ilyos Safarov esa tanlovning Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbek tilini rivojlantiriş jamğarmasi tomonidan taʼsis etilgan “Davlat tilini rivojlantirişga qaratilgan eng yaxşi material uçun” nominatsiyasi böyiça ğolib deb topildi. Ilyosbek ukamiz ham özbek tilining rivoji böyiça tanqidiy materiallari bilan tanilgan jurnalistlardan.
Yaʼni, “Oltin qalam” tanqidni töğri qabul qila olganlar va hatto rağbatlantira bilganlar tomonidan taqdim qilinişida çuqur ramziy maʼnolar körmoqdaman. Bu ham oçiqlik siyosatining öziga xos qadami böla oladi.
