Yoşlik bu – jasoratga intiliş demak
Nurilla Çoriyev,
“Yoşlik” jurnali boş muharriri vazifasini bajaruvçi,
“Oltin qalam” XV milliy mukofoti (matbuot) 3-örin sohibi:
— “Yoşlik”ning “Oltin qalam” XV milliy mukofoti uçun xalqaro tanlov ğoliblari safida eʼtirof etilganidan jamoamizning quvonçi çeksiz. Bu quvonçni ifoda etiş uçun ğayratimiz toşganidan hatto “Oltin qalam”imiz ham titrayapti.
Tahririyat xodimlari doimo bu muqaddas dargohda xizmat qilayotganidan faxrlanib yurişadi. Bugun ana şu faxrimiz qöşaloq böldi. Garçi tanlov nizomiga köra nomzodlarning bir yillik faoliyatiga baho berilib, eʼtirof etilgan bölsa-da, quvonçli damlarda kişi baribir ötgan kunlariga nazar taşlar, xotiralari yangilanar ekan.
Özbek xalqining sönggi qirq yillik tarixiga eʼtibor qilsangiz, kaminadek, Siz ham hayajonga tuşasiz. Aniqroq aytganda, “Yoşlik” millatning adabiy tafakkuriga, intellektiga, madaniyati va sanʼatiga sezilarli taʼsir körsatdi.
Bu bir jumla bilan ifodalanganidek, oson bölgan emas, jurnalning yukini şaraf bilan kötargan ustozlarning zahmatini eslamaslikning imkoni yöq.
Bir öylab qarasak, Erkin Vohidov şöro zamonida özbek xalqining kökragidan kötaradigan asarlar çop etib “muhokamalar”da qolmaganmidi? Omon Matçon yurtni erkin va ozod körmoq umidida yozilgan asarlarni çop etib ne bir malomatlarga qolmaganmikin?
Ammo bularning barçasi el-yurtga kamarbasta bölaman degan kişilar uçun şaraf-ku… Vaqt ötgan sari millat oydinlarining xizmati tarix közgusida yaraqlab boraveradi.
Ziyolilarimizga maʼlumki, “Yoşlik” öz davrida ijtimoiy-adabiy zaruriyati bilan maydonga kelgan. Mana, şu zaruriyat tahririyat xodimlariga doimo ğayrat bağişlab turadi.
Naşrni elga manzur qiliş yölida yuzlab isteʼdodli adiblar mehnat qildi.
Bugun bir quvonç borki, mamlakatimizdagi özgarişlar tölqinida adabiyotimizga köplab isteʼdodli yoşlar qadam taşlayotir. Bu, albatta, mamlakatimizda yoşlarga berilgan keng imkoniyatning, ularga qaratilayotgan eʼtiborning natijasi ölaroq yuzaga çiqyapti. Maʼlumki, ijodkorning obrösini oşiradigan, naşrning nomini kötaradigan yagona omil bu, albatta, yuksak saviyadagi asardir. Asar öquvçilar qalbiga yöl topsa, unda katta taassurot qoldirsa, şubhasiz, muallif ham, uning asarini çop etgan naşr ham tilga tuşadi.
Şu bois, “Yoşlik” isteʼdodli yoşlarning OVOZI böliş, ularni adabiy jamoatçilikka yaqindan taniştirib borişda kuç va ğayrat bilan harakat qiladi. Öylaymizki, bu yölda, avvalo, yoşlarning özi jonbozlik körsatadi. Nozim Hikmat aytganidek: “Yoşlik, bu – orzu. Bu – işonç. Bu – jasoratga intiliş. Bu – lirika va romantika. Bu – kelajakka tuzilgan ulkan rejalar. Bu – istiqbolning boşlanişi”.
“Oltin qalam” milliy mukofoti tahririyatimizga jamoatçilik tomonidan bildirilgan yuksak işonç, yoş ijodkorlarga körsatilgan katta rağbatdir. Bu şaraf bizga yanada masʼuliyat yuklaydi.
Negaki, endi “Oltin qalam”li naşrmiz!
