Xalq ziyolilari gazetasi
Husan NIŞONOV,“Maʼrifat” gazetasi boş muharriri,
“Oltin qalam” XV milliy mukofoti (matbuot) 1-örin sohibi:
— “Maʼrifat”ning “şapkasi”da şunday yozuv turibdi: xalq ziyolilari gazetasi. Xalq ziyolilari — mamlakat kelajagini tarbiyalaydigan öqituvçilardir. 90 yillik tarixga ega gazetamiz “Maʼrifat” nomi bilan çiqa boşlaganiga 30 yil bölyapti. Bu davrda Ahmadjon Dolimov, Saʼdulla Hakim, Halim Saidov, Abdusamad Rahimov kabi ustoz jurnalistlar rahbarligida köplab yetuk ijodkorlar işladi, tarbiyalandi, sohaga ixtisoslaşdi tahririyatda.
Ayniqsa, mohir pedagog, yetuk olim Jöra Yöldoşev Xalq taʼlimi vaziri bölgan paytda, Halim Saidov boş muharrirligi davrida “Maʼrifat” ijodkorlar qalamini çarxlaydigan öziga xos ijodiy laboratoriyaga aylandi. Tahririyatda jurnalistika fakultetlari bilan hamkorlikda “Mahorat maktabi” taşkil etildi. Bu maktabda toblangan yuzlab jurnalistlar hozir mamlakatimizning yetakçi naşrlarida, hatto xorijiy ommaviy axborot vositalarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borişmoqda.
Gazeta Özbekistonda taʼlim sohasini yoritadigan, pedagoglarga metodik, ilmiy kömak beradigan yetakçi naşrga, şuning barobarida taʼlim, tarbiya, maʼnaviyat, maʼrifat sohalarini yoritişga ixtisoslaşgan jurnalistlar tayyorlaydigan ijodiy maktabga aylandi.
Bugun bizga berilgan mukofotni “Maʼrifat”ning neça yillardan buyon bajarib kelayotgan şarafli missiyasining eʼtirofi deb bilamiz. Ustozlarimizning ulkan mehnatlari samarasi, maşaqqatlari mevasi deb öylayman.
