Olam kamalak rangi jilosida
Keça poytaxtimizdagi muhtaşam “Humo Arena” majmuasida Navröz umumxalq ayyomi munosabati bilan katta bayram tadbiri bölib ötdi. Unda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev xalqimizga öz tabrigini yölladi.
Yurtimizning taniqli sanʼat ustalari hamda isteʼdodli yoş ijroçilar iştirokida konsert namoyiş etildi.
Navrözda kun bilan tunning tenglaşişida ham hikmat bor. Qişning izğirin kunlari ortda qolib, bahoriy köklam niş otadi, dov-daraxtlar kurtak yoradi. Olam kamalak rangi jilosida tovlanadi. Bobodehqon yangi hosil uçun ona zaminga uruğ qadaydi…
Maʼlumki, YUNESKOning 2016 yil 30 noyabrda ötkazilgan navbatdagi 11-sessiyasi Efiopiya poytaxti Addis-Abebada bölib ötgandi. Unda Navrözni Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi röyxatiga kiritiş töğrisida qaror qabul qilingani bejiz emas. Şundan buyon, garçi xorijiy tillarda Navröz “Nawrouz”, “Novruz”, “Nooruz”, “Nowruz”, “Navruz” va şunga öxşaş boşqaçaroq yozilib, talqin etilsa-da, butun jahonda mazmun-mohiyati özgarmagan holda keng nişonlanib kelinadi.
Prezidentimiz xalqimizga tabrigida: “Butun olam, yeru kök uyğonayotgan bu ajib faslda yurtimizdagi yangi Uyğoniş davri — Uçinçi Renessans orzusi qalblarimizga beqiyos kuç va işonç olib kirmoqda”, — dedi.
Albatta, bahorning uyğoniş, yangilaniş fasli, deb atalişi tabiiy. Buni qarangki, uşbu yilda Navröz ayyomi Yangi Özbekiston poydevorini yaratiş yölida ulkan maqsad tomon odimlayotgan mamlakatimizning Uyğoniş davri — Uçinçi Renessans orzusi uşalişi sari yangilanayotgan davrga töğri kelmoqda. Prezidentimiz tabrigida: “Buyuk Alişer Navoiy bobomiz aytganlaridek, har kunimiz Navröz bölsin!” — deb uluğ bobomizni tilga oldi. Bu bilan ajdodlarimiz ortda qolgan yillar mobaynida ikki bor Renessans davrini boşlab berganini, endi navbat bugungi avlodga yetib kelganiga işonç bildirdi.
Bahor va gözallik, nafosat ayyomi barçamizga qutluğ bölsin.
Yusuf JÖRAYEV
