O'lkamizda Navro'z nafasi!

Yil ko'klamga kelib intiho topar, yil ibtidosini boshlar ko'klamdan. Bahor barham berar qahraton qishning qorli, izg'irinli sovuq hukmiga. Ko'klam ostonasidan ilk qadamini qo'yadi yashilsoch yangi yil. Bekorga yilboshi demaydilar-da Navro'zni. Bahor — fasllar kelinchagi, deyishadi. Bahor — ona fasl, degingiz kelar.

Bu yil tez uyg'ongan tabiatga qishning sovuq nafasi yetib, daraxtlarning gulu kurtagi ziyon ko'rdi, rost. Ammo umidlar ko'k­lamda tug'ilar! Endi boshlanmoqda gullagan mavsum, endi tuproqlarga qadalar urug'.

O'lkamizda Navro'z nafasi!

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

5 + four =