Mehnat fazilati
Oliya TAIShEVA,
Eng yaxshi jurnalistik material uchun (internet-jurnalistika)
3-o'rin sohibi, “Nuz.uz” muxbiri:
“Oltin qalam” XV xalqaro milliy mukofotida e'tirof etilish nihoyatda yoqimli. Bu har bir jurnalist uchun katta sharafdir.
Men 15 yildan beri jurnalistika sohasida ishlayman. Avval “Krasota.uz” ayollar veb-saytining muharriri edim. Mana bir necha yildirki, “Nuz.uz”da ajoyib insonlar bilan birga ishlayapman.
Faoliyatimizga kelsak, biz imkon qadar nozik ijtimoiy masalalarni ko'tarishga harakat qilamiz. Masalan, inson huquqlarining buzilishi, adolatsizliklar, mansabdorlarning vakolatlarini suiiste'mol qilishi va hokazo.
“Oltin qalam” tanlovi asnosida kechgan ajoyib bayram uchun tashkilotchilarga o'z minnatdorligimni bildiraman. Kamtarona mehnatlarimizga bildirilgan bu yuksak baho yanada mas'uliyat yuklaydi.
