Jamiyatning uyg'oq yuragi

Bugun O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasida, uning hududiy bo'limlarida ish har qachongidanda qizg'in, faollashgan. Buni Uyushma tashabbusi bilan tashkil etilayotgan turli tadbirlar, uchrashuv va ijodiy kechalar, anjumanlar hamda qator xayrli loyihalar misolida ham ko'rish mumkin.

Maqsad — matbuot va OAVlari faoliyati yurtimizda yanada rivoj topib, elimiz yuragidan joy olsin, jamiyatda ochiqlik va shaffoflik siyosatini ustuvor deb bilayotgan Prezidentimizga jurnalistlar kamarbasta bo'lsin.

Eng muhimi, jurnalistikamiz jamiyat vijdoniga, uyg'oq yuragiga aylanmog'i kerak. Shu bois, “Hurriyat”da Uyushmaning hududiy bo'limlari faoliyatiga oid, viloyatlarda yashab ijod qilayotgan jurnalistlar ijodidan ham hikoya qiluvchi sahifalar berib borishni maqsad qildik.

Gazetamizning bugungi sonidagi 4-sahifa — sirdaryolik jurnalistlar faoliyatiga oid bo'ldi. O'ylaymizki, sahifa materiallari Siz aziz o'quvchilarimizni befarq qoldirmaydi.

 

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

7 + 14 =