Hamma narsa bolalar uchun

Qalovini topsa qor ham yonarkan. Lekin, ana   shu qalovini topish uchun   yarim asrdan ko'proq   muddat kerak bo'lganligini aytsak, yo ishonasiz,   yo ishonmaysiz. Bugun faoliyat ko'rsatayotgan Muzrabot tuman tibbiyot   birlashmasiga qarashli markaziy   shifoxona   majmuasi o'tgan   asrning oltmishinchi yillarida   qurilgan. Undan buyon   necha martalab joriy   va kapital ta'mir   qilingan. Har yili   qanchadan-qancha mablag' sarflanib,   bo'yab-bejalsa-da, shifoxonaning bir   qavatli bolalar bo'limi   mutlaqo yaroqsiz holga   kelib qolgandi. Shu   sababli bo'lim bir   necha bor boshqa   joylarga ko'chirildi ham.

Nihoyat, qor yonadigan   fursat kelgan ekan, ikki   yil oldin “Obod   markaz” davlat dasturiga tushirildi.  Bayram arafasida “Asadullayev   Firdavs” xususiy korxonasi bunyodkorlari tomonidan uch   qavatlik 30 o'ringa   mo'ljallangan bolalar   bo'limi   va 6 o'rinli intensiv palatani   o'z ichiga olgan shifoxona   foydalanishga topshirildi.

— Bolalar bo'limi binosini   qurish va zamonaviy   tibbiy asbob- uskunalar bilan   jihozlash uchun 11 milliard   561 million so'm   mablag' sarflandi. Bundan tashqari,   bolalar bo'limida so'nggi rusumdagi   9 o'rinli anesteziologiya-reanimatsiya asbob-uskunalari o'rnatildi. Bolalar kasalliklarining oldini olish,   bemorlarni samarali va aniq   davolash uchun tashxislovchi   ultratovush, EKG apparatlari, labaratoriya-diag­nostika hamda   travmatologiya punkti xonalari ham   barpo etildi. Bugungacha   bo'limning shoshilinch tibbiy   markazi ham moslashtirilgan xonalarda faoliyat ko'rsatib kelardi.   Yangi   bino tufayli bu bo'lim shifokorlari va bemorlari uchun ham qo'lay shart-sharoit yaratildi. Sohaga qaratilgan e'tibor va yaratilgan zamonaviy   qulayliklar uchun Prezidentimiz va   hukumatimizdan minnatdormiz, — deydi Muzrabot tuman   tibbiyot birlashmasi bosh shifokori   Abdurashid   G'aniyev.

Yangi bolalar shifoxonasining   ochilish marosimida viloyat, tuman hokimliklari, jamoatchilik vakillari, OAV xodimlari, ota-onalar ishtirok etib, bunday e'tibor va qulaylik uchun dil izhorlarini aytishdi. Shu kuni jamoatchilik tuman tarixidagi yana bir muhim vo­qeaga guvoh bo'ldi. Tumanning Hakim Termiziy nomli xo'jaligi hududida joylashgan paxta zavodi massivida bir   martalik shpris ishlab chiqaruvchi mini zavod ish bosh­ladi. Loyiha qiymati 48 milliard 150 million so'm bo'lgan bu sanoat korxonasini tumandagi “Alpomish ser­­vis-invest” xususiy korxonasi quruvchilari bun­yod etishgan.

Oyiga 200 ming   shpris ishlab chiqarishga mo'ljallangan mini zavod ishga   tushurilishi   munosabati bilan 70   nafar mahalliy ishchi va mutaxassislar foydali mehnat bilan   band bo'ldi.

— Kelgusida faoliyatimizni   yanada kengaytirish niyatidamiz, — dedi   yangi korxona rahbari, tadbirkor   Hasan Panjiyev. — Maqsadimiz respub­likamiz hamda vohamiz tibbiy sanoatini rivojlantirishga munosib hissa qo'shishdir.

Safar OMON,

“Hurriyat” muxbiri

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

five × 5 =