Yangi yilga yangicha kayfiyat

Hamma narsa niyatga bog'liq, deb bejiz aytmaydi dono xalqimiz. Yangi   yilga ham sanoqli kunlar   qoldi. Uni mehnatda, ijodda qanday kutub olsangiz, fayzu barakasi, shukuhu tarovati   ham shunga yarasha   bo'lsa ajab emas. Yaqinda   Qiziriq tumanida “O'zbekiston   yoshlar forumi — 2021” doirasida   katta bayram tadbiri   o'tkazildi.

Tumanning   “Do'stlik” mahallasida bo'lib   o'tgan bu yoshlar   bayrami xalqimiz milliy madaniyati hamda milliy qadriyatlarining to'la   namoyishiga aylandi, desak mubolag'a   bo'lmaydi.   Turli xil   hunarmandchilik va xalq amaliy   san'atining bir-biridan jozibali ko'rgazmalari, tosh ko'tarish, arqon tortish,   oshiq o'yini, “Hokim   kubogi” uchun bo'lib o'tgan   futbol     musobaqalarini butun tuman   ahli qiziqib tomosha qilishdi.

Ayniqsa o'ttiz yoshlilar   o'rtasidagi   baxshilar bellashuvida   kuylangan doston, terma, lapar va   aytishuvlarni yig'ilganlar jon   qulog'i bilan tinglashdi.   Qiziriqlik yoshlar shu kuni   “Yashil makon” tadbiri   doirasida minglab mevali   va manzarali daraxt ko'chatlari o'tqazishib, o'z vatanparvarliklarini amalda   ko'rsatdilar.

Yaxshi dam mehnatga   hamdam, dey­dilar. Poytaxtdan kelgan taniqli xonandalar va mahalliy   san'atkorlar ijrosidagi gala konsert   kechgacha davom etdi.   Tadbirlarda faol ishtirok   etgan yoshlar va musobaqa   g'oliblariga faxriy yorliqlar   hamda qimmatbaho sovg'alar   tantanali ravishda   topshirildi.

Safar OMON,

“Hurriyat” muxbiri

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

16 − two =